So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Andrey Miklyaev: "Lokomotiv"ni keyingi bosqichga olib chiqadigan istalgan natija meni qoniqtiradi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Lokomotiv"ni keyingi bosqichga olib chiqadigan istalgan natija meni qoniqtiradi"

"Lokomotiv" - "Al Ayn" uchrashuvidan oldin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Mikyalev o'z fikrlarini bildirdi.
Unga jamoa hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov hamrohlik qildi.

"Klubni keyingi bosqichga olib chiqadigan istalgan natija meni qoniqtiradi. Albatta keyingi bosqichga chiqishni istaymiz. Ammo imkoniyatlarni teng deb baholayman", - deydi Miklyaev.

"Barchani Hayit bayrami bilan tabriklayman. O'yinga kelsak juda qiziqarli o'yin bo'ladi. Bizning ustunligimiz o'z uyimizda o'ynashimiz. Nasib qilsa keyingi bosqichga chiqamiz", - deydi Temurxo'ja Abduxoliqov.

- Raqib safida Kayo o'ynadi. Uni o'rganib chiqdingizmi?

- Albatta raqib safida mahoratli futbolchilar o'ynashadi. Kayoni o'rgandik. Ammo menga raqib safida Omar Abdulrahmon va Asprilla kabi futbolchilar yoqdi.

- Jarohat olganlar bormi?
- Afsuski ha. Stepanovich jarohat olib safdan chiqqan. O'tgan o'yinda SHerzod Fayziev jarohat oldi.

- Oliy ligada to'purarsiz, ammo OCHLda golsiz seriya cho'zilib ketdi...

Temurxo'ja Abduxoliqov: - Albatta, oliy liga bilan OCHLni solishtirib bo'lmaydi. Ertaga imkon qadar gol urishga va jamoamga g'alaba keltirishga urinaman.

- Jamoa penaltilar seriyasiga tayyormi?
- Ha tayyor.

- Raqib safida qaysi futbolchini alohida ko'rsatgan bo'lardingiz?
Temurxo'ja Abduxoliqov: - "Al Ayn" safida mahoratli futbolchilar ko'p. Ularni birma bir sanab o'tirish shart emas deb o'ylayman.

- Ertaga jamoa qanday o'yin ko'rsatadi hujumkor yoki himoyaviy?
Temurxo'ja Abduxoliqov: -
O'yindan oldin barcha kartalarni ochib yuborish to'g'ri bo'lmasa kerak. Lekin shaxsan menga hujumkor o'yin yoqadi, murabbiylar qanday taktika tanlashsa shunday o'ynashga tayyormiz.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика