So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  3 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  5 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Andrey Miklyaev: "Jamoamiz safiga serbiyalik hujumchi keldi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Jamoamiz safiga serbiyalik hujumchi keldi"

Oliy liganing birinchi davra doirasidagi qoldirilgan bellashuv "Lokomotiv" - "Qizilqum" (2:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev qatnashdi.


- Uchrashuvda qayd etilgan natijadan ko'nglim to'ldi. O'zbekiston kubogi doirasidagi o'tgan bahsda "Mashal"ga imkoniyat boy berilgach, ruhiy tomonlama jamoani yana qayta tiklash biroz qiyin bo'ldi. Bugun hech qaysi futbolchiga etiroz yo'q. Bellashuvda tashabbus biz tarafda bo'ldi. O'yin ham muxlislarga manzur keldi, deb o'ylayman.

Agarda ikkinchi golni ertaroq urganimizda qolgani yanada osonroq kecharmidi. SHunga qaramay farqni yana bittaga oshirishga erishdik. umuman olib qaraganda, bahs so'nggiga qadar ignani ustida o'tirdik. Jamoamizning o'yin falsafasi hujumkorlik. Har doim birinchi raqam ostida o'ynashga intilamiz. Har doim ham kutilgan o'yinni namoyish etishni uddasidan chiqmasmiz, bu borada bahoni jurnalistlar va muxlislar berishadi.

Jamoamiz safiga yana bir legioner hujumchi kelib qo'shildi. Ayni paytda serbiyalik futbolchi yurtimizga tashrif buyurgan. Ertaga futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agarda tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tsa, qolgan hujjatli ishlarni amalga oshiramiz.

Kamoliddin Tojiev? Bu haqda birinchi marta bugun jurnalistlardan eshitdim. To'g'risini aytaman, bu transfer haqida birinchi marta bugun eshitdim. Men murabbiyman, klubga kimni olib kelishni klub rahbariyati hal etadi va ular bu borada ko'proq malumotga ega. Tojiev haqida men biror narsa deya olmayman.

Islom To'xtaxo'jaevning tibbiy ko'rikdan o'tishi borasida muammolar vujudga keldi. Hozirgi kunda ushbu muammolar bartaraf etilmoqda. Islom To'xtaxo'jaev tez orada yana safga qaytishi kutilmoqda.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика