So’nggi yangiliklar

22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  3 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  8 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  6 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10

Andrey Miklyaev: "Hisob yanada yirikroq ko'rinish olishi mumkin edi" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Hisob yanada yirikroq ko'rinish olishi mumkin edi"

“Lokomotiv” - “Neftchi” (4:0) uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida “Loko” ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirdi:

- Yomon bo'lmagan o'yin o'tkazdik. Jamoamiz tig'iz taqvimli o'yinlarga qaramay sekin-asta o'ziga kelmoqda. Bugun agar yaratilgan barcha vaziyatlardan unumli foydalanganimizda, yanada ko'proq gol urishimiz ham mumkin edi.

Menga “Neftchi” jamoasining o'yini manzur bo'ldi. Ushbu klub bizga o'xshash o'yin namoyish qilmoqda. Faqat bugun omad ularning emas, bizning tarafda bo'ldi.

Tarkibda jarohatlanganlar bor ekani bizga biroz pand bermoqda. Koneda jarohat yo'q. SHunchaki, unga biroz dam olish imkonini berdik. SHu sababli mana bugungi uchrashuvda ham SHerzod Fayziev maydonga tushdi. Kone esa o'ziga imkon berilishini kutmoqda.

Biz aksariyat uchrashuvlarda yirik hisobda g'alaba qozonmoqdamiz. Ammo bu – chempionatda bizga raqobatchi jamoalar yo'q degani emas. Zero “Qo'qon-1912” ham ancha mazmunli mavsum o'tkazyapti. Qolganlar ham yomon o'yin ko'rsatishmayapti. Masalan, “SHo'rtan” ham istalgan raqibdan ochko olishni uddalayapti. Bu esa chempionat qiziqarli o'tayotganidan dalolat, - deydi tajribali mutaxassis.

"Lokomotiv" matbuot xizmati


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика