So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Andrey Miklyaev: "Al Ittihod" bizdan kuchli o'ynagani yo'q" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Al Ittihod" bizdan kuchli o'ynagani yo'q"

Teglar :  Andrey Miklyaev
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Ittihod" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev o'z fikrlarini bildirdi.
Unga o'yinning eng yaxshi futbolchisi Sardor Mirzaev hamrohlik qildi.

"Raqibga hech bir jabhada yutqazmadik. Xato oqibatida gol o'tkazib yubordik. So'nggi daqiqalarda gol urib durangga erishdik, g'alabani ko'zlagandik, ammo durangdan ham xursandmiz. Barcha muxlislarga katta rahmat aytmoqchiman. Biz bir jamoaga aylanib borayapmiz. OCHLda oson o'yinlar bo'lmaydi, keyingi bahslarda g'alabaga harakat qilamiz", - deydi Miklyaev.

"Bugungi o'yinda kelib bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga rahmat aytaman. O'z uyimizda bo'lgani uchun biroz hayajonlandik. Keyingi o'yinlarda kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz", - deydi Mirzaev.

- Bugungi hakamlik haqida nima deysiz?

- Hakam barchasini to'g'ri bajardi. Qoidalarga rioya qildi. Ammo "Lokomotiv"ga yon bosgani yo'q.

- Kapadzeni o'ng qanotda o'ynatish nima bilan bog'liq? Hasanov tayyor emasmidi?
- Jasur Hasanov mavsumoldi yig'inlar paytida jarohat olgandi. SHu bois hali 90 daqiqa o'ynashga tayyor emas edi. Kapadzening esa maydonga tushganining o'zi jamoaga ustunlik beradi.

- Nega birinchi bo'limda ko'p hujumlar qanotlardan tashkil etildi? Markazdan hujum qilinganda xavfli vaziyatlar tashkil etishda ustunlik ko'zga tashlandi.

Sardor Mirzaev: - Murabbiylarning ko'rsatmasiga binoan qanotlardan hujum qildik. Ikkinchi bo'limda Hasanov tushgach qanotlar yanada kuchaydi.

- Bugun Aliboev o'ynamadi, Jasur Hasanov qizil kartochka oldi. Bir haftadan so'ng Saudiya Arabistonida o'yin. Yo'qotishlar ko'p emasmi?
- Hozir o'yin endigina tugadi. Ertadan navbatdagi bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz. Menimcha Aliboev jarohatidan qutuladi va safardagi o'yinda maydonga tusha oladi. Hasanovning o'rnini bosa oladigan futbolchilar ham bor.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика