Andrey Miklyaev: "Ajoyib o'yin va chiroyli g'alaba"
23 may 2017 20:48
Yangiliklar


Andrey Miklyaev: "Ajoyib o'yin va chiroyli g'alaba"
- Nima deyishga ham hayronman. Ajoyib o'ynadik va chiroyli g'alabani tantana qildik. Kubok bahslari doim qiyin kechadi. Biz bugun maydonda to'liq ustunlikka ega bo'ldik va haqli tarzda g'olib chiqdik.
Ikrom Aliboev? Unda jarohat bor. SHu boisdan uning xizmatidan foydalana olmadik.
Jaloliddin Masharipovning ijara masalasi? Bu savol menga tegishli emas.
CHempionatimiz joriy mavsumda ancha qiziqarli o'tmoqda. Jamoalarning kuchi deyarli tenglashgan. Hozir Oliy ligada barcha jamoalar deyarli bir xil saviyada.
Meni bu yilgi chempionatda nima qoniqtirmayapti? Bilmadim. Muxlislar? Ha, bizning uy o'yinimizda ishqibozlar tashrifi juda kam. Lekin safardagi bellashuvlarimizda stadionlar muxlislar bilan to'lmoqda. Ayniqsa Namangan, Qo'qon shaharlarida muxlislar stadionni bezab berishadi.
CHempionatimizda avvalgidek nomlar yo'qligi tufayli tomoshabinlar kamayganmi? Bilmadim. Balki shundaydir. Vaqt o'tib Ikrom Aliboev, Masharipov kabi futbolchilar ham Geynrix, Jeparov darajasiga chiqishlariga ishonaman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar