Andrey Lunin: "Jamoaga rahmat, barmoqlarim muzlab qoldi"

Mirjalol Normatov
3 dek 2023, 12:49
"Real" posboni Andrey Lunin LaLiganing 15-turida "Granada" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Jamoaga rahmat, barmoqlarim muzlab qoldi. G'alaba qozonish va darvozani "quruq" saqlash doimo yoqimli. Biz gol o'tkazib yubormagan 95 foiz o'yinlarda jamoa g'alaba qozonmoqda. Garchi tarkibda jarohatlanganlar ko'p bo'lishiga qaramasdan biz yaxshi seriya qayd etyapmiz. "Real" - peshqadam, asosiysi shu", - dedi Lunin.

15-turga kelib Karlo Anchelotti shogirdlari APL turnir jadvalida 38 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Madrid Zone