Andrey Kanchelskis: Yangi mavsumda kamida ikkinchi o'rinni egallamoqchimiz
29 jan 2019 14:15
Yangiliklar
Andrey Kanchelskis: Yangi mavsumda kamida ikkinchi o'rinni egallamoqchimiz
- Vazifamiz - chempionatga munosib tayyorgarlik ko'rish. Odatdagidek ish olib boryapmiz. Biz ikki xil yo'nalishda mashg'ulotlar o'tkazyapmiz. Bugun o'yin, ertaga tiklanish mashqlari, so'ngra keyingi o'yinga tayyorgarlik.
Reja bo'yicha ishlayapmiz. Kamchiliklar ustida yana ishlaymiz. G'alaba qozonish yoqimli. SHogirdlarim bugun g'alaba uchun harakat qilishdi. Ular kuchli yuklamalar bilan shug'ullanishmoqda.
31 yanvar kuni so'nggi o'yinimizni o'tkazib, ortga qaytamiz. Biroz hordiqdan so'ng Turkiyada yig'in o'tkaziladi.
Oldimizga maksimal vazifani qo'yganmiz. O'tgan mavsum 3-o'rinni egalladik. Endi shu natijani yana takrorlashimiz mantiqsiz. SHuning uchun birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallamoqchimiz. SHuningdek, Kubok o'yinlariga jiddiy etibor qaratamiz, - deydi Kanchelskis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar