So’nggi yangiliklar

02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Andrey Kanchelskis mag'lubiyatga izoh berdi Yangiliklar

Andrey Kanchelskis mag'lubiyatga izoh berdi

Superliganing 27-turi doirasida "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Lokomotiv"ni g'alaba tabriklayman. Raqiblar yaxshi jamoa ekanligini ko'rsatdi.Futbolchilarimning o'yinga bo'lgan etibori uchun mamnunman. Barcha xato qiladi, bu futbol. Yaxshiroq va ishonchliroq o'ynashimiz mumkin edi. Yo'lga qo'ygan birgina xatomiz tufayli gol o'tkazib yubordik. Futbolchilarimga hech qanday ortiqcha savollarim yo'q. Futbol shunday o'yinki, unda faqatgina aqllilar bo'lishi va ular yaxshi yurishlar qilishi kerak. O'yingacha bizda kichik muammolar bo'ldi. Hoshimov terma jamoada o'ynagani uchun bir necha mashg'ulotlarimizni o'tkazib yubordi, shuningdek, diskvalifikaciyaga uchradi. Karimov esa jarohat olgandi. Ular bizning asosiy tarkib futbolchilarimiz edi. Agarda ushbu futbolchilar maydonda bo'lganida o'yin boshqacha kechardi. Nima bo'lgan taqdirda ham barchaga rahmat aytaman. Bugun yutishni istagandik. Ammo hayot davom etadi. Endi "Paxtakor"ga qarshi o'yin uchun tayyorgarlik ko'ramiz. Albatta, bugun g'alaba qozonmoqchi edik, biroq bu amalga oshmadi.

Bizda o'ng qanot himoyachisi muammosi kuzatildi. Oston takribda yorqin porlagan futbolchilardan biri. Bugun 4-3-3 taktikada o'ynadik. Payovich o'zi himoyachi bo'lgani uchun, uni o'ng qanotda o'ynatsa bo'lardi. Oston esa hujumkorroq futbolchi. Jamoada yaxshi futbolchilar ko'p. Ular bo'lganida o'yin boshqacharoq kechardi. Ammo biz qanday bo'lsak, shundaymiz. Bizning borimizni shu maydon ko'rsatdi. Zaxira esa "Paxtakor" yoki "Lokomotiv" kabi kabi katta emas. Yutqazdik, biroq futbolchilarga rahmat aytaman.

Oston O'runov: - O'yinga yaxshi tayyorlangandik. Murabbiyning barcha ko'rsatmalarini bajara oldik. Ammo birgina xato orqali mag'lub bo'ldik.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика