So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  6 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Andrey Kanchelskis: "Jahon chempionatidan keyin ham fikrim o'zgargani yo'q, CHerchesov tanlovi mutlaqo noto'g'ri" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Jahon chempionatidan keyin ham fikrim o'zgargani yo'q, CHerchesov tanlovi mutlaqo noto'g'ri"

Rossiyalik mashhur mutaxassis, "Manchester Yunayted"ning afsonaviy futbolchisi, ayni paytda "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Andrey Kanchelskis yaqinda saytimizga bergan intervyusi davomida Rossiya terma jamoasi, xususan Stanislav CHerchesov haqidagi fikrlarini ham bildirgandi.

"Jahon chempionatidan keyin ham Stanislav CHerchesov va Rossiya terma jamoasi haqidagi fikrim o'zgargani yo'q. Nima, mundialda Rossiya yaxshi futbol namoyish etdimi? Natija? Kimlarni yutdik o'zi? Saudiya Arabistoni terma jamoasinimi? Biz ularni yutishga majburmiz. Misrni yutish yaxshi ko'rsatkich hisoblanadimi? Yo'q albatta. Biz mundialda o'ynash tajribasi yo'q jamoalarni mag'lub etdik xolos. Urugvay Rossiya terma jamoasining asl basharasini ko'rsatgandiku. Natija o'shanda butkul o'yinga mos bo'lgandi. Ispaniya esa Jahon chempionatiga umuman tayyor bo'lmagan holda keldi. Tushunarsiz sabablarga ko'ra chempionat oldidan murabbiyni istefoga chiqardi. SHunchaki to'pni ushlab o'tirish uchun futbol o'ynagan Ispaniyani penaltilar seriyasida yutdik.

Yana shuni qo'shimcha qilish kerakki, biz mundialga kvalifikaciya raundisiz, yani mezbonlik huquqi asosida ishtirok etdik. Terma jamoamiz va CHerchesovning asl kuchini endi ko'ramiz. Evropa chempionatiga chiqish yo'lidagi kvalifikaciya raundida hammasiga javob olamiz. Terma jamoa va CHerchesovga haqiqiy bahoni endi qo'yamiz. Umuman, CHerchesovning tayinlovi to'g'ri yoki noto'g'rimi, hammasi oshkor bo'ladi. Hammaning o'z fikri bor. Menimcha esa CHerchesov tanlovi bu mutlaqo noto'g'ri bo'lgan. Buni men avval ham, hozir ham aytaman", - deydi Kanchelskis. 

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика