Andrey Kanchelskis: "Bu kutilgan g'alaba, boshqa natija bo'lishi mumkin emasdi"
12 noy 2021 10:20
Yangiliklar
Andrey Kanchelskis: "Bu kutilgan g'alaba, boshqa natija bo'lishi mumkin emasdi"
Rossiya terma jamoasi kutilganidek JCH-2022 saralashida Kiprni yirik 6:0 hisobida mag'lub etdi.
Ushbu g'alabaga rossiyalik murabbiy Andrey Kanchelskis munosabatini bildirdi.
"G'alaba kutilgandi. Boshqa natija bo'lishi mumkin emasdi. Jamoa o'z imkoniyatlarini alo darajada amalga oshirdi. Garchi darvozabon o'sha vaziyatda xatoga yo'l qo'ygan bo'lsada, Andrey Eroxin chiroyli gol urdi, deya olaman. SHuningdek Mostovoy ham o'zini yaxshi ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda jamoa o'z sifatini ko'rsata oldi va 90 daqiqa futbol o'ynalishini isbotladi. Xorvatiya bilan bahsda ushbu o'yin natijasiga ortiqcha qaramaslik kerak. Kipr va Xorvatiyani solishtirishdan mano yo'q. Bular ikki xil jamoa. Kiprda golli vaziyat yarata oladigan futbolchining o'zi yo'q edi",- deydi Kanchelskis.
Fikrlar