So’nggi yangiliklar

00:43Мбаппеда бир неча ойдан бери руҳий муаммолар бор (L’Equipe)  2 00:16Тайрелл Маласиа 17 ой деганда майдонга қайтмоқда. У бугун ўринбосарлар сафида футбол ўйнайди  0 23:33Шомуродов, Ашурматов ва Файзуллаев ҳам қўшилди. Ўзбекистон МТЖнинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 23:19Фрэнк Лэмпард мураббийликка қайтиши мумкин, аммо...  0 22:50Лисандро Мартинес жароҳат сабаб Аргентина терма жамоаси ўйинларида иштирок этмайди  0 22:10Родри "Олтин тўп"да кимларга овоз берган бўларди? Футболчининг ўзи жавоб берди  10 21:42Элдор Шомуродов: "Қатарга қарши ғалаба учун майдонга тушамиз, аммо гол ўтказиб юбормаслик ҳам жуда муҳим"  14 21:07"Ливерпуль" академияси: Сен ёлғиз эмассан  1 20:51Рустам Ашурматов: "Жамоавий ўйин бўйича Қатардан устунроқмиз"  3 20:0112 йиллик армон ёхуд "Насаф"ни чемпион қилган Рўзиқул Бердиев билан эксклюзив интервью   7 19:32ПСЖ бу сафар Тибо Куртуани сотиб олишга уриниб кўрмоқчи  3 19:13Рафинья Ямалга 10 минг фунтлик тилла "iPhone" совға қилди  6 18:41Неймар: "Шу ҳафтанинг ўзида 3 та фейк хабар чиқди. Бразилия менга бундай муносабатда бўлаётганидан хафаман"  12 18:10Беларусь терма жамоаси ҳужумчиси виза билан муаммо туфайли Миллатлар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  0 17:46"Бавария" Ян Кристиан Дризен билан шартномани узайтирди  1

Andrey Kanchelskis: "Aynan kimnidir yoki O'FAni tanqid qilish niyatida emas edim. Barchasiga hayajon sabab" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Aynan kimnidir yoki O'FAni tanqid qilish niyatida emas edim. Barchasiga hayajon sabab"

Superliganing 1-turi doirasidagi “Navbahor” - “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Namangan jamoasi ustozi Andrey Kanchelskis bildirgan fikrlar futbol jamoatchiligi orasida tushunmovchiliklarga sabab bo'ldi.

Bunda rossiyalik mutaxassis O'FA ishlash tizimini tushunmayotgani ortidan tanqidiy fikrlar bildirgani ko'rinib qolgandi.

Professional futbol ligasi mazkur holatni bosiqlik bilan qabul qildi hamda ishni O'FA qo'mitalariga oshirishga shoshilmadi. Aksincha, Kanchelskis bilan bir necha kundan so'ng bog'lanib, mazkur masala yuzasidan izoh so'radi.

“Bilasizmi, 1-tur o'yinini mezbon bo'la turib, o'z maydonimizda o'tkazmaganimiz kayfiyatimizni biroz buzdi. Qolaversa, chempionatni g'alaba bilan boshlamoqchi edik. Lekin yakunda “Qo'qon-1912” bilan durang o'ynadik. Buning ortidan matbuot anjumani vaqtida kayfiyatim joyida emasdi. Hayajon sabab fikrlarimni biroz qo'pol tarzda bayon etib yubordim. Aslida esa aynan kimnidir yoki O'FAni tanqid qilish niyatida emas edim. Qizishib aytgan so'zlarim uchun futbol jamoatchiligidan uzr so'rayman”, — dedi Kanchelskis.

Qayd etish kerak, Professional futbol ligasi o'z maydonida ulkan o'zgarishlar qilayotgan “Navbahor” futbol klubining mehnatlarini qadrlaydi. SHuning uchun ham mazkur jamoaga o'z uy uchrashuvlarini vaqtinchalik istalgan stadionda o'tkazish imkoniyati taqdim etildi. “Navbahor” stadionining yangi ko'rinishi qachon tayyor bo'lishi ham, mazkur jamoa aynan qaysi stadionda o'ynashni ixtiyor etishi ham O'zPFL yoki O'FAning qo'lida emas. Bundan kelib chiqadiki, bosh murabbiy tomonidan bildirilgan keskin fikrlar ko'proq jamoa rahbariyatiga tegishlidir.

“Ayni paytda PFL barcha maydonlar ideal holatda bo'lishini talab etmoqda va bu juda to'g'ri fikr. Ushbu tashabbusni to'la qo'llab-quvvatlayman. Evropada, xususan, Angliyada faoliyat olib borgan kishi sifatida aytishim mumkinki, yaxshi holatdagi maydonda futbolchi ham rohatlanib to'p suradi. SHuning uchun uy stadionimiz imkon qadar tez muddat ichida tayyor bo'lishini hamda jamoamiz ishqibozlarini chiroyli g'alabalar bilan xushnud etishini istayman”, — deb fikrida davom etdi murabbiy.

O'zPFL Kanchelskis tomonidan bildirilgan mazkur fikrlarni qo'llab-quvvatlaydi. SHuningdek, bir yil muqaddam Superliganing bir qator klublari aynan “Navbahor” stadioni masalasida qiyinchilikka duch kelgani, biroq PFL talabi bilan o'yinlar namanganlik muxlislar ko'z o'ngida o'tishini talab qilganini eslab o'tishni joiz deb hisoblaydi. “Navbahor” rahbariyati bundan to'g'ri xulosa chiqarib, vaziyatni yaxshilash yo'lidan yurayotgani yoqimli holat. Tamirlash ishlari yakuniga qadar esa klub mutasaddilari evropalik murabbiyga holatni to'liq tushuntirib berishlari kerak bo'ladi.

Professional futbol ligasi maydoni ayni paytda uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor bo'lmagan jamoalarga stadion tanlash huquqini taqdim etdi. SHu boisdan “Navbahor” — “Qo'qon-1912” uchrashuvi Toshkentdagi TTYMI stadionida bo'lib o'tdi. Boisi, Namangandagi stadion ham, “Qo'qon-1912” uy stadioni ham ayni damda yangi mavsumga to'liq tayyor emas edi. Namanganliklar shu sabab o'z uy uchrashuvini Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'tkazish niyatida edilar. Yakunda esa “Navbahor” “Istiqlol” stadioni emas, balki TTYMI stadioni bilan kelisha oldi va natijada “lochinlar” ilk tur o'yinini Toshkentda o'tkazishdi. “Navbahor” va “Istiqlol” stadioni o'rtasidagi kelishuv nima sababdan amalga oshmagani yuzasidan ham “Navbahor” futbol klubi izoh berishi kerak, PFL emas.

O'zPFL Kanchelskis tomonidan hayajon sabab aytilgan fikrlarga keyinchalik tuzatish kiritildi, deb hisoblaydi. SHuningdek, tamirlash ishlari davom etayotgan bir qator stadionlarda ish yakuniga etguniga qadar futbol muxlislari va OAV vakillaridan masalaga bosiqlik bilan yondoshishni so'raydi. Yana bir necha kunlardan so'ng Superliganing bir qator stadionlarida ijobiy o'zgarishlar bo'layotganiga guvoh bo'lish mumkin. SHu bilan birgalikda O'FA hamda O'zPFL asossiz tanqid qilingani holatida futbolchi yoki murabbiylar ishini Tartib-intizom hamda etika masalalari bo'yicha javobgar qo'mitalar ko'rib chiqishini eslatib o'tamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика