So’nggi yangiliklar

01:00Илёс Зейтуллаев: "Каннаварога 'D’accordo' дея олмайман"  0 00:34Отабек Нарзуллаев: "Қашқадарё чемпион бўлишини хоҳлаймиз"  1 23:22Англиянинг уч топ-клуби "Бавария" футболчисига кўз тикмоқда  1 22:50Эл Классико. "Реал Мадрид" — "Барселона" 2:1  16 22:22Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди  344 22:20Суперлига. "Бунёдкор" – "Машъал" 2:1  0 21:00АПЛ. "Ман Сити" Ҳусановсиз меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди, "Арсенал" ўз уйида минимал ғалабага эришди  8 20:53МЮ январь ойидаёқ Беллингемни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 20:35Суперлига. ОКМК – "Насаф" 1:1   7 20:24Суперлига. Бир киши кам "Бунёдкор" "Машъал"ни мағлуб этди  11 18:28Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" меҳмонда йирик ғалабага эришди, Шомуродовдан дубль!  38 18:23Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади  121 18:12"Қайрат" сўнгги турда "Астана" билан дуранг ўйнаб, 5-марта Қозоғистон чемпиони бўлди  1 16:40Сон Хён Мин Европага қайтмоқчи  5 14:50"Манчестер Юнайтед" "Милан" форварди учун 100 млн евро сарфлашга тайёр  6

Andrey Kanchelskis: "Agar xato gapirgan bo'lsam, uzr so'rashga tayyorman" Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "Agar xato gapirgan bo'lsam, uzr so'rashga tayyorman"

"Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis "Andijon" bilan o'yindan keyingi matbuot anjumanida juda ehtirosli gapirdi.

Murabbiyning aytgan gaplari ovozli ravishda Telegram kanallarda aylandi. Buning natijasida o'yin bilan bog'liq gaplar kuchaydi. Biz esa vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida murabbiy bilan bog'landik. 

- Andrey Antanasovich, Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Andijon"ga qarshi bahsdan keyin ancha ehtirosli gaplarni aytdingiz. 

- Ha, shunday bo'ldi. Yaxshi bilasiz, futbol - bu ehtiroslarga boy o'yin. SHu bois o'yindan keyin achchiq gaplarni aytgan bo'lishim mumkin. Lekin bir narsani hisobga oling, men noto'g'ri gapirganim yo'q. Agar aytgan bo'lsam, uzr so'rashga tayyorman. O'yinni ko'rgan bo'lsangiz, hakam bahs oxirlarida aniq penaltini bermadi. Bu vaziyatda to'p raqib futbolchisi qo'liga tekkandi, biroq hakam bunga etibor bermadi. Bu esa jahlimni chiqardi. Hakam o'yindan keyin o'sha vaziyatni ko'rib, VAR bo'lganida penalti qo'yardim dedi. Ammo endi kech.  


- O'yindan keyin klub hakam ustidan shikoyat yozdimi? 

- Ha, biz shikoyat yozdik va endi nima bo'lishini kutamiz. 


- SHuningdek, siz raqib jamoa o'yinni ancha cho'zgani haqida gapirgansiz. 

- Men tushunaman, hozirgi kunda hammaga ochko kerak va buning uchun jamoalar bor imkoniyatini ishga solmoqda. Futbolda vaqtni cho'zish har bir jamoada uchrab turishi mumkin. Lekin hech kim birinchi taymdayoq bu ishga qo'l urmasa kerak. O'zi uchun kerakli natijani qayd etayotgan jamoa odatda o'yin oxirlarida vaqtni cho'zadi. Lekin sal narsaga yotib olish bekorga muxlislar etiroziga sabab bo'ladi. Stadionga kelgan muxlis chiroyli futbol ko'rishni xohlaydi. Men Angliya va SHotlandiyada o'ynagan paytlari futbolchining qachonki qo'li yo oyog'i sinsa, maydondan tashqariga olib chiqib ketilardi. Hozir sal narsaga shifokorlar maydonga tushib kelayapti, natijada bahs to'xtab qolyapti, bu esa o'yinni "o'ldiryapti". 


- SHunday bo'ldiki, "Navbahor" oxirgi ikkita uy uchrashuvida durang qayd etdi.

- O'zimizdan ham xato o'tgan, omad kelmagan vaziyatlar bo'ldi. Men aybni boshkalarga to'nkamoqchi emasman. Oldimizda belgilangan vazifa turibdi va shunga erishishni xohlaymiz. Yana shuni xohlardimki, hakamlar o'yinni yaxshi boshqarsa. Hakam shunday boshqarsinki, hech kimda ularga nisbatan savol qolmasin. 

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика