So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Andrey Fyodorov: "Yarim kuch bilan o'ynamayapmiz" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Yarim kuch bilan o'ynamayapmiz"

Superliganing 17-tur doirasidagi "Lokomotiv" - "Nasaf" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov ishtirok etdi.

"Jamoadan, futbolchilardan minnatdorman. Yigitlar o'yin oldidan rejalashtirilgan barcha vazifalarni alo darajada bajarishdi. Ular raqibni to'g'ri o'rganib chiqib, o'zlariga kerakli malumotlarni olganiga ishonch hosil qildim. Bugun yaxshi o'yin ko'rsatdik va g'oliblikni qo'lga kiritdik. Bunga loyiq edik. Barcha futbolchilar, "Nasaf" azolari ham yuqori hajmli ishni bajarishdi. Ikki tomon qattiq kurashdi. Umuman olganda yuqori saviyali, muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi.

Tanaffusda kiyinish xonasida yigitlarga ayrim ko'rsatmalar berdim va futbolchilar ikkinchi bo'limda shunga yarasha o'yin ko'rsata olishdi. Tribunada futbol o'ynash oson ko'rinadi. Ko'pchilik "Lokomotiv" kuchli emas, yarim kuch bilan o'ynamoqda deyishi mumkin. Ammo statistikada yigitlarning natijalari, qanday tezlikda yugurgani, bahs davomida qancha masofani bosib o'tganini ko'rsangiz, bunday demasdingiz. Gollar urish uchun etarlicha xavfli vaziyatlarga ega bo'ldik. Bu yomon emas. Ko'plab bahslarda raqiblardan ustunligimizni ham ko'rsata olyapmiz.

Maqsad? "Lokomotiv" har doim yuqori o'rinlar uchun kurashadi. Rahbariyat har yili qo'yiladigan vazifani kuchaytirib boradi. Ayni damda vazifalarni o'yindan o'yinga yuqorilashtiryapmiz. Asosiy vazifamiz kuchli oltilikdagi o'rinni saqlab qolib, keyinchalik yuqori o'rinlar uchun kurashish.

Marat Bikmaev: “O'yin qiyin bo'ldi. Raqibdan kuchliroq ekanligimizni ko'rsatdik. Biz munosib tarzda g'alabaga erishdik. Asosiysi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarga rahmat aytaman.

To'purarlar ro'yxati? Bunga qaramayman. O'yindan o'yinga jamoaning natijalari yaxshilanib bormoqda. Siz aytgan ro'yxatning menga umuman qizig'i yo'q.

Xet-trik tufayli eng omadli o'yinim? Eng omadli o'yinim hali oldinda".

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика