So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Andrey Fyodorov: "Vadim Abramov "Neftchi"ga keladi? Hech qanday malumotga ega emasman" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Vadim Abramov "Neftchi"ga keladi? Hech qanday malumotga ega emasman"

“Navbahor” va “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakuniga etgach “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
 - O'yin yaxshi taassurot qoldirdi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz. “Navbahor”ga qarshi har qanday qarama-qarshiliklar doimo murosasiz ruhda kechadi. Bugun ham kubokka xos bahs bo'ldi. Uchrashuvlarni qiyin kechishi sababli, bunday bahslarda gollar soni u qadar ko'p bo'lmaydi. Uydami yoki safardami oson o'yinni o'zi bo'lmaydi. Bugungi uchrashuv muxlislarga yoqqan bo'lishi mumkin. Negaki, so'nggi soniyalargacha keskinlik saqlanib turdi. Navbatdagi bosqichga chiqqanimizdan xursand ekanligimni yana bir bor takidlash bilan bir qatorda jamoamizni tabriklayman. Maqsadimiz, keyingi bosqichga chiqish edi. Tabloda qayd etilgan natija “Neftchi”ni keyingi bosqichga chiqishini taminladi.

- Jamoa legionerlari bugun ko'rinishmadi?
- Legionerlarimizning biri anchadan beri jarohat sababli maydonga tusha olmayapti. Yana bir xorijlik futbolchimiz Komarovskiyga esa dam berishni lozim topdik. U barcha uchrashuvlarda ishtirok etib kelayotganligi sababli charchoq alomatlari ko'zga tashlangandi. SHu sababli bugun ularning xizmatlaridan foydalanmaslikni lozim topdik.

- O'yinga bir necha kun qolganda klub rahbariyatida o'zgarishlar ro'y berdi. Bu futbolchilarga qay tarzda tasir ko'rsatdi?
- Uchrashuv arafasida ro'y bergan o'zgarishlarga etibor qaratmaslik haqida yigitlarga aytib o'tgandik. Vazifalariga professional tarzda yondoshib, maydonga chiqib o'z ishlarini qilishlarini takidlab o'tdik. Ular proffessional ekanliklarini amalda ko'rsatib, oldilariga qo'yilgan vazifani bajarishdi.

- Jamoa boshqaruvini Vadim Abramov qo'lga olishi mumkin ekan. Abramov bugungi uchrashuvni ham bevosita o'yingohda klub rahbariyati bilan tomosha qildi. Bu haqda nima deya olasiz?
- Bosh murabbiyni almashishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar mish-mishdan o'zga narsa emas. Barchasini vaqt ko'rsatadi. Har bir yozilgan malumot ham haqiqat bo'lavermaydi. Vadim Abramovni jamoada boshlashi haqida hech qanday malumotga ega emasman. Hozircha o'z ishimni davom ettiraman. Nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика