So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Andrey Fyodorov SHveycariyada Yangiliklar

Andrey Fyodorov SHveycariyada

SHveycariyaning Nyun shahrida tashkil etilgan murabbiylik kurslarida “Neftchi”ning katta murabbiyi Andrey Fyodorov ham qatnashmoqda.
Malumki, shu kunlarda  Milliy terma jamoalar Jahon chempionatiga  beriladigan yo'llanma uchun saralash uchrashuvlari olib bormoqdalar. O'zbekiston milliy terma jamoasining Bahrayn ustidan qozonilgan tarixiy g'alabasi barcha futbol muxlislarini quvontirdi. Biz, ham fursatdan foydalanib, “Neftchi” klubi nomidan milliy terma jamoamizni  bu ajoib g'alaba bilan qutlaymiz va Jahon chempionatining keyingi bosqichiga chiqishi uchun  omad tilaymiz.              

“FIFA kunlari”  deb nom olgan bu 10 kunlik tanaffusdan barcha jamoalar o'z rejalariga ko'ra tayyorgarlikni davom ettirishyapdi. Malumki, O'zbekiston kubogi finalining vaqti o'zgarishi munosabati  bilan (29 noyabrdan, 17 oktyabrga o'tkazildi),  PFLning qaroriga ko'ra  25-turdan o'rin olgan “Nasaf”- “Neftchi” va “Dinamo” – “Bunyodkor” uchrashuvlari  17 oktyabrdan  12 oktyabrga o'tkazildi. Albatta, PFLning qarorini  barcha jamoalar birdek qabul qilishi va muhokama etilmasligi reglamentda belgilab qo'yilgan. Lekin, taxmin qilish mumkinki, bunday qaror qaysidir manoda  kubok finalchilarga qulaylik  yaratish uchun  amalga oshirilgan.  

“Neftchi” bu qisqa tanaffusdan unumli foydalanib, Qirgulidagi o'z qarorgohida  mashg'ulotlarini  davom ettirdi. Lekin, bu safar jamoaning katta murabbiyi Andrey Fyodorovsiz mashg'ulotlar bo'lib o'tmoqda. Rossiya futbol ittifoqi (RFI)  – FIFA kunlaridan foydalanib, Moskvadagi Murabbiylar Oliy Maktabi (MOM)ning PRO yo'nalishi bo'yicha o'quv  kurslarining yakuniy bosqichini SHveycariyaning Nyun shahrida tashkil etdi. Ushbu amaliy kurslarda  “Neftchi”ning katta murabbiyi  Andrey Fyodorov ham qatnashmoqda.

RFI tashkil egtan ushbu kurslarda rossiyalik murabbiylardan tashqari Evropaning bir qancha mamlakatlaridan tashrif buyurgan  mutahassislar ishtirok etishmoqda. Jumladan Litva,  Latviya, Estoniya va polshalik murabbiylarga FIFA instruktorlaridan tashqari taniqli futbol mutaxassislari, yuqori saviyali murabbiylar ham  maruzalar o'qib, futbol sirlaridan saboq berishmoqda.

Ruminiyalik Lupesku va Devid Moyes bilan birga.

Bo'lajak PRO licenziyasi sohiblari SHeycariyada joylashgan  UEFA  shtab-kvartirasida   mehmon bo'lishdi va u erdagi  ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. SHuni ham takidlash lozimki, UEFA rahbarligidagi ushbu  o'quv-kurslar yakunlovchi etap bo'lib, ishtirokchilar PRO-xalqaro  licenziyasini  qo'lga kiritadilar. Biz, butun klub nomidan, murabbiymiz  Andrey Fyodorovga  bu o'quv-kurslarda omad yor bo'lishini tilab qolamiz va u erda olingan bilim va mahoratini jamoamizni yangi  cho'qqilarga  ko'tarilishida o'z xissasini qo'shadi, deb umid qilamiz.

UEFA shtab-kvartirasi.

Andrey Fyodorov  “Neftchi” – “Nasaf” uchrashuvining arafasida  11 oktyabr kuni Moskva - Samarqand  reysi bilan uchib kelib, Qarshiga borishi kutilmoqda. Uning o'zi, o'sha kunni o'zidayoq rejaga ko'ra,  “Neftchi” bilan kechki mashg'ulotlarni o'tkazishi belgilangan. Yana bir marta kelajagi  porloq bo'lgan murabbiymizga va jamoamizga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz.

 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика