So’nggi yangiliklar

13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5

Andrey Fyodorov: "Rashidovning agenti yangi jamoa qidirmoqda" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Rashidovning agenti yangi jamoa qidirmoqda"

O'zbekiston Superligasi 15-turi doirasida "Lokomotiv" - AGMK (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov va jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Nivaldo qatnashdi.

- Birinchi navbatda yigitlarga chiroyli o'yin ko'rsatgani uchun rahmat aytaman. O'tkazib yuborilgan goldan keyin ular o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Ular xarakter ko'rsata olishdi va g'alabani qo'lga kiritishdi. Bir necha yillardan buyon chiroyli o'yin ko'rsatib, yuqori natijalar qayd etayotgan jamoaga ham ruhiy yuklama tushadi. Buni yomon holatga yo'yib bo'lmaydi. OCHLni guruh bosqichidanoq tark etganimizdan keyin ham ruhiy tomondan cho'kib qolmayapmiz. To'g'ri, ayrim vaziyatlarda futbolchilar asabiylashib ketmoqda. SHu boisdan ko'plab vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Yigitlar o'tkazib yuborilgan goldan keyin oldilaridagi to'siqni olib tashlagani uchun rahmat aytaman.

Barcha ishlarni birgalikda bajaryapmiz, natijaga men javob beryapman. O'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, o'zimiz istagan, "Lokomotiv" darajasiga to'g'ri keladigan, jamoa o'yinlarini kuchaytira oladigan futbolchilarni topishimiz kerak.

Rashidovning agenti yangi jamoa qidirmoqda, boshqa jamoalardan tushadigan takliflarni ko'rib chiqmoqda. Hozirdanoq uni "Lokomotiv"dan ketadi deya olmayman. U biz bilan yig'inlarga boradi. Sardorning o'yinlaridan ko'nglim to'lmoqda. Uni yanada qattiqroq tayyorlashimiz lozim, shuningdek, uning o'zida ham intilish bo'lishi kerak. Uning o'yinlaridan zavq olsa bo'ladi. Uning agenti boshqa jamoa qidirmoqda, biroq hozirda u "Lokomotiv" futbolchisi.

20 iyunda Belorusga uchib ketamiz va uchta o'yin o'tkazamiz. U erdan kelib, chempionatga tayyorlanamiz.

Nivaldo: "Bunday raqiblar bilan o'yinlar og'ir o'tadi. Jamoa futbolchilarida xarakter bor, shu boisdan har doim g'alabani xohlaymiz.

Kam gol uryapman? CHunki kam o'ynayapman, jarohat oldim, diskvalifikaciya qilindim. O'yin amaliyoti kam bo'lganligi uchun ritmdan chiqib ketdim. Endi hammasi yaxshi bo'ladi deb umid qilaman"

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика