Andrey Fyodorov: "PFL reglamenti tufayli bugun legionerimiz zaxirada qoldi"
30 mar 2019 21:37
Yangiliklar
Andrey Fyodorov: "PFL reglamenti tufayli bugun legionerimiz zaxirada qoldi"
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov "Navbahor" bilan o'yindan keyin PFL reglamenti borasida fikr bildirdi.
- Arslonmurod Amanov faqat zaxiradan maydonga tushmoqda. Bunga PFL reglamenti sababmi yoki boshqa sabab bormi?
- Agar u tayyor emas desam xato bo'ladi. Arslonmurod tayyor, butun hafta davomida yaxshi ishladi. Ammo bugun uning zaxirada qolgani ko'proq reglament tufayli bo'ldi. Bu bilan Aziz Amonov yomon o'ynadi demoqchi emasman. U ham harakat qildi. Aziz olimpiyachilar safida 3 oy davomida shug'ullandi, shu bois jamoaga qo'shilib ketishda qiyinchilikka duch kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilgi Superliga reglamentiga klublar safida 1997 yilda tug'ilgan futbolchi kamida 45 daqiqa o'ynashi shart etib belgilangan. Aziz Amonov 1997 yilda tug'ilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar