So’nggi yangiliklar

12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  0 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  1 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  1 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  4 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0

Andrey Fyodorov: "O'yin murabbiylar va men uchun qiyin o'tdi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "O'yin murabbiylar va men uchun qiyin o'tdi"

O'zbekiston Superligasi 11-turi doirasida "Lokomotiv" - "Buxoro" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov hamda jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Ikrom Aliboev qatnashdi.

- O'yin murabbiylar va men uchun juda og'ir o'tdi. Dastlabki 15 daqiqada biz bosim ostida qoldik va to'pni nazorat qila olmadik. O'sha pallalarda futbolchilar o'zlarini yo'qotib qo'yishmaganiga xursandman. Keyinchalik urilgan ikki gol esa bizga kerakli ustunlikni taqdim etdi. Ikkinchi taymda esa tezkor gol o'tkazib yubordik. Biroq biz bo'shashdik deb o'ylamayman. Sababi gol qandaydir tasodif bilan kirib ketdi. Futbolchilarni almashtirish orqali bahsning borishini ham o'zgartirdik. SHu orqali biz natijaga erishdik.

OCHLning 6 uchrashuvi futbolchilarga katta yuklama berdi va shu boisdan chempionatda ham yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Superliga haqida to'xtalsam, qiziqarli o'yinlar juda ko'p. Albatta bu menga yoqmoqda.

Karimov "Navbahor"ga? Bizga bunday malumot etib kelmadi. SHerzod - "Lokomotiv" futbolchisi. Agarda kimdir uni o'z safida ko'rishni istasa, jamoamiz rahbariyatiga murojaat qilishi kerak.

Jamoa menga qadar ham yaxshi o'yin namoyish etgandi. Biroq gollar kirita olmadi. O'yin bobida shuni aytaman men kelganimdan keyin hech nima o'zgarmadi. Hozirda hujumda yaxshiroq o'ynab, ko'proq gollar urib turibmiz.

Biz kuchli oltilik haqida o'ylamayapmiz. 22-turgacha ancha vaqt bor va vaziyatlar ham o'zgarib ketishi mumkin. SHu boisdan kuchli oltilik haqida o'ylashga hali erta", - dedi Fyodorov.

I.Aliboev: "O'yinning boshlanish qismi qiyin o'tdi. 15 daqiqalikdan keyin o'z o'yinimizni topib oldik. Keyinchalik chiroyli g'alabaga erishdik"

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика