Andrey Fyodorov: "Neftchi"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirish men uchun mushkul”
04 may 2018 21:47
Yangiliklar
Andrey Fyodorov: "Neftchi"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirish men uchun mushkul”
- Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, bu o'yin haqida fikr bildirish men uchun mushkul hisoblanadi. CHunki bu jamoada men ham bir paytlar faoliyat olib borganman. ”Neftchi”dan ketganimdan keyin jamoa o'yinida o'zgarish ko'p bo'lganiga guvoh bo'ldim. Garchi Farg'ona jamoasi mag'lub bo'lgan bo'lsada, yigitlar shijoat bilan harakat qilishdi. Bu futbol. Unda kimdir g'alaba qozonsa, kimdir mag'lub bo'ladi. O'yinga keladigan bo'lsak, o'yinni boshida biroz o'zimizga o'xshamadik. Keyin esa bahs tizginin o'z qo'limizga oldik. Bugun “Lokomotiv” tajriba hisobiga g'alaba qozondi. CHunki bizda o'yin amaliyoti raqibga nisbatan ko'proq hisoblanadi. Lekin hamma raqiblarga bir xil munosabatda bo'lamiz. Yigitlarning o'yinidan mamnunman, - deydi Andrey Fyodorov.
Sardor Rashidov: Qiyin o'yin bo'ldi. “Neftchi” ham yomon o'yin ko'rsatmadi. Lekin “Lokomotiv” jamoasi farg'onaliklarga nisbatan g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatdi.
Fikrlar