So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  3 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  16 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  70 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67

Andrey Fyodorov: "Neftchi" keyingi mavsum chempionlikka davogar bo'lishi shart" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Neftchi" keyingi mavsum chempionlikka davogar bo'lishi shart"

"Neftchi" - "Paxtakor" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Avvalom bor, bugungi g'alaba bilan barcha farg'onalik futbol muxlislarini tabriklayman. Farg'onalik futbol ishqibozlari chempionlik his-tuyg'ularini haligacha saqlab qolishibdi. Demak, “Neftchi” ham yaqin kelajakda o'z ishqibozlariga mos ravishda yanagi mavsumdan chempionlikka davogar klublar qatoridan o'rin egallashi shart. Futbolni futbol qiladigan bu – shubhasiz muxlislardir. Farg'onalik muxlislar xaligacha meni futbol o'ynagan paytlarimni eslashadi. Demak, muxlislarimiz ham o'z sohasida professionallar darajasidadir. Agar jamoamiz bugun chempion ustidan g'alaba qozongan  bo'lsa, bu natijada muxlislarimizning muhim o'rni bor. Ularning,  jamoamizni uchrashuv davomida qo'llab-quvvatlashi g'alabamizga tamal toshi bo'lib xizmat qildi. Yana bir marta barcha farg'onalik futbol ishqibozlariga butun klub nomidan katta rahmat aytaman.

O'YIN HAQIDA

- Bugungi uchrashuv kutilganidek murakkab va qiyin  o'tdi. “Paxtakor” - buyuk jamoa, o'zbek futbolining flagmani, eng ko'p O'zbekiston chempioni bo'lgan, qolaversa o'tgan mavsum ham chempion bo'lgan va bu yil ham chempionlikka eng yaqin turgan jamoadir.  Qolaversa, so'nggi yillar jamoamiz “Paxtakor”dan faqat mag'lubiyatga uchrab kelayotgan edi. Mana bugungi o'yinda ”Neftchi” bu noxush ananaga nuqta qo'ydi. Agar bevosita uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsam,  bazi bir vaziyatlarni hisobga olmaganda yigitlar  murabbiylar tomonidan belgilangan barcha vazifalarni yaxshi bajarishdi.  Men bugun  jamoaning o'yinidan ham, natijadan ham qoniqdim. Uchrashuvdagi tezkor gollar albatda bir tomondan yaxshi, lekin ikkinchi  tomondan  o'yinning 20 daqiqasida ikkita to'p farqi bilan oldinga chiqib olish futbolchilarga  salbiy xizmat qilishi mumkin. Yigitlar gollardan keyin uyushqoqlikni, o'yin nazoratini yo'qotib qo'yishlari mumkin, bo'shashib  xatolarga yo'l qo'ish mumkin. Lekin, yigitlar  uchrashuvning so'nggi daqiqasigacha tashabbusni o'z qo'llarida ushlab turishdi. Futbolchilarga ham rahmat aytaman. Bizni gol qo'yib yuborishimizda xech kimning aybi yo'q, “Paxtakor” mahoratli futbolchilardan iborat kuchli jamoa va xaqli ravishda gollarni urdi.

QIZIL KARTOCHKALAR  HUSUSIDA

- Men odatda, hakamlarning ishiga baho bermayman. Har holda hakamlar har bir vaziyatni maydondan turib baho beradi. Vaziyatga yaqin turadi. Men Mansur Saidov bilan bo'lgan vaziyatni uzoqroqda bo'lganim uchun,  o'yinchilar hammasi bir erga yig'ilib qolishiganidan ko'ra olmadim. Mansur o'zi juda ham  intizomli  futbolchi, maydonda sardorlarga xos harakat qiladi. Men aniq voqeani ko'ra olmadim, lekin Mansurning gapiga qaraganda, u futbolchilarning  o'rtasiga tushib, to'qnashuvdan keyin vaziyatni taranlashtirmaslik uchun, janjalni oldini olmoqchi bo'lgan. Albatta, Saidovni keyingi uchrashuvda maydonga tushmasligi biz uchun katta yo'qotish, malumki u jamoaning xaqiqiy sardori bo'lishi bilan birga, o'yinimizni maydonda nazorat qiladi va ko'plab hujumlarni tashkil etishda etakchilik vazifasini bajaradi. Lekin, jamoamiz hozir yaxshi shakllangan va biz har qanday yo'qotishni o'rnini boshqa futbolchilar bilan  almashtira olamiz. Saidovning jamoadagi yo'qligini Akmal Xolmatov bilinitirmaydi.  “Nasaf” bilan bo'ladigan uchrashuvga har galgidek jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Barcha jamoalarga ochko kerak, lekin biz  muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug' bo'lishi uchun qolgan o'yinlarda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика