Andrey Fyodorov: "Muxlislar 12-o'yinchi vazifasini a'lo darajada bajarishdi"

Mirjalol Normatov
3 okt 2018, 07:47
Superliganing 25-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi uchrashuvdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yinning borishi biz kutgandek kechdi. Raqibning ikki o'yinini o'rganib chiqar ekanmiz, "Buxoro" safardagi mag'lubiyatlardan keyin o'z muxlislari oldida borini berib, g'alaba uchun o'ynashi aniq edi. Shu boisdan bahs juda ham murosasiz o'tdi. Shuningdek, bugun muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ham mezbon futbolchilarga anchagina dalda bo'ldi. Ular 12-o'yinchi vazifasini yaxshi bajara oldi. Balki ayrim pallalarda raqibga qaraganda biroz yomonroq o'yin ko'rsatgandirmiz. Shunchaki ikki golni erta urib olganimiz sababli yigitlar bo'shashishdi. Ammo endi navbatdagi o'yinlarda bunday qilish yaramaydi. Endi har bir ochkoning qadri yuqori bo'ladi.

Ikrom Aliboev: - O'yin biz uchun yaxshi o'tdi. "Buxoro" biz kutgandek qarshilik ko'rsatmadi. Osonlik bilan g'alabaga erishdik, deb ayta olaman.

Terma jamoaga chaqiruv olish har doim yoqimli. Xudo xohlasa, terma tarkibida jonimizni berib, muxlislarni xursand qilishni istaymiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia