Andrey Fyodorov "Lokomotiv"da ish boshladi
01 fev 2021 22:09
Yangiliklar


Andrey Fyodorov "Lokomotiv"da ish boshladi
Toshkentning "Lokomotiv"i sobiq bosh murabbiyi Andrey Fyodorov faoliyatini Moskvaning "Lokomotiv"ida davom ettiradi.
Andrey Vitalevich Rossiya poytaxti klubining selekcioneri sifatida ish olib boradi.
"Uzoq yillar davomida "Rubin"ning selekciya bo'limida ishlaganman. Ushbu ishga qaytganimdan xursandman. "Lokomotiv"ning kuchayishi uchun borimizni beramiz. So'nggi ish joyim Toshkentning "Lokomotiv"i bo'lgandi. SHahar o'zgardi, biroq nom qoldi. Men temir yo'llar bilan birga qolganim ham ramziy jihatdan yaxshi ish bo'ldi", - dedi Fyodorov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar