So’nggi yangiliklar

09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  5 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  2 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  0 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  3 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  109

Andrey Fyodorov: "Lokomotiv"da bu yil sharoitlar yanada yaxshi bo'ladi" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Lokomotiv"da bu yil sharoitlar yanada yaxshi bo'ladi"

OCHL saralashi doirasida "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbon jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov hamda jamoa posboni Ignatiy Nesterov ishtirok etishdi.

- Birinchidan, mavsumning bunchalik erta boshlanishiga unchalik ko'nikmaganmiz. Mavsumoldi yig'inlarida uchrashuv uchun qattiq tayyorgarlik ko'rdik. SHu boisdan ko'rilgan tayyorgarlikning mevasini ertaga ko'rsatmoqchimiz. Yigitlar o'zlarining professional xislatlarini namoyish etishlari lozim, deydi Andrey Fyodorov


- Bu o'yin men uchun alohida ahamiyatga ega. Birinchi marta OCHL saralash o'yinida qatnashyapman. Uchrashuvda g'alabaga erishib, guruh bosqichiga yo'llanma olmoqchimiz. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, deydi Ignatiy Nesterov.


- Sizda yangi o'yin uslubi, yangi falsafa bormi?

- Albatta yangi uslublar bor. Har doim raqibga qarab o'ynash qiyin bo'ladi. Tarkibimizda katta o'zgarishlar bo'ldi. SHu boisdan vaziyatdan chiqib ketish kerak bo'ladi. Ertangi o'yinda esa mavsumda qanday rejalar tuzganimizni ko'rib olasiz.


- Raqib haqida nima deya olasiz?

- Raqiblarning "Qo'qon"ga qarshi o'yinini tomosha qildik. Biroq raqiblarni o'rganish uchun ko'p ham imkoniyat bo'lmadi. Menimcha, "Istiqlol"da ham "Lokomotiv" borasidagi malumoti bizdagi kabi malumotlar kam. "Istiqlol" bir necha bora OFK kubogi finallarida o'ynagan. 


- Jamoaga ko'plab eski futbolchilar qaytishdi. Bu kimning tashabbusi.

- Eski futbolchilarni qaytarish - mening ishim. Ularning sifatlari, harakatlari menga yoqadi. Yangi  olib kelish klubning byudjeti va murabbiyning xohishiga bog'liq bo'ladi.


- "Lokomotiv"da moliyaviy inqiroz yo'qmi?

- Yo'q. Bizda bunday holat bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Rahbariyat bu yil yanada yaxshi sharoit yaratib berishga vada berdi. 


- Bu bitta o'yindan iborat. Bu sizlarga ustunlik beradimi?

- Odamlar uy va safarda o'yinlar bo'lishini istashadi. To'g'ri bu adolatli emas,  ammo buni biz o'ylab chiqarmaganmiz.

Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика