So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Andrey Fyodorov - "Lokomotiv" Moskva bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Yangiliklar

Andrey Fyodorov - "Lokomotiv" Moskva bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

U jamoani RPL 13-turi doirasidagi "Torpedo"ga qarshi o'yinga tayyorlaydi.

"Yangi bosh murabbiy bilan muzokaralar olib borilmoqda, tayinlov haqida keyinroq elon qilamiz. Navbatdagi chempionat o'yinida bosh murabbiy vazifasini Andrey Fedorov bajaradi", – dedi "Lokomotiv" bosh direktori Vladimir Leonchenko. 

Andrey Vitalevich 1971 yil 10 aprelda Marg'ilon shahrida tug'ilgan. Professional futbolchi sifatida himoyachi poziciyasida o'ynagan. Faoliyatini Qo'qonning "Avtomobilist" jamoasida boshlagan. 1992 yildan 1997 yilgacha "Neftchi" safida to'p tepgan, tarkibida to'rt marta O'zbekiston chempioni, ikki marta mamlakat Kubogi sohibi bo'lgan.

1998 va 1999 yillarda "Alaniya" va "Baltika" klublari sharafini himoya qilgan. 2000-2008 yillarda Qozonning "Rubin" klubi ranglarini himoya qilgan va u bilan Rossiya chempioni bo'lgan. 

O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 64 ta o'yin o'tkazib, 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'olibiga aylangan. Oradan uch yil o'tib esa O'zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

2008 yilda o'z faoliyatini yakunlab, "Rubin"ning selekciya bo'limida ishlay boshlagan va uni 2012 yilga qadar boshqargan, keyin esa klubning yoshlar jamoasi boshqaruviga o'tgan. 2015 yilda "Neftchi" bosh murabbiyi bo'lgan. 2018 yilda esa Toshkentning "Lokomotiv" klubini qabul qilib, mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan, Kubokni yutgan va O'zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etilgan.

2021 yilning fevral oyida Andrey Fedorov "Lokomotiv"ga katta selekcioner sifatida kelib qo'shildi va o'sha yilning mart oyidan boshlab "Lokomotiv-Kazanka" bosh murabbiyi bo'ldi va u erda 2022 yilning iyunigacha ishladi", – deyiladi rasmiy xabarda.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика