So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  1 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

Andrey Fyodorov: "Finalda biz kuchli edik" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Finalda biz kuchli edik"

Teglar :  Andrey Federov
“Neftchi” – “Qizilqum” bahsidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Keskin kurashlarga boy o'yin bo'ldi, - deb gap boshladi Fyodorov – SHogirdlarim yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ularning o'yinidan qoniqdim. Faqat bugun ular ko'p xis-xayajonga berilishdi. Balki ushbu holat ularning chiroyli futbol ko'rsatishiga halal bergandir.  Futbolchi extiroslarini jilovlay bilishi kerak. “Hokim kubogi” turniri tayyorgarlik vazifasini o'tab beradigan musobaqa bo'lsada yigitlar final bellashuvida borini berib, yurakdan o'ynashdi. Ularga rahmat. Natijadan esa qoniqdim. Fikrimcha, finalga xos o'yin bo'ldi. O'tgan yili “Neftchi” finalda oson g'alabaga erishgandi. Bu safar esa zafar quchishimiz oson bo'lmadi.

- Yana yangi o'yinchilar olasizmi ?  

- Selekciya davom etmoqda.  Toshkentdagi yig'in davomida yana bir qator futbolchilarni ko'rikdan o'tkazamiz. Yangi nomlar bo'lib qolishi mumkin. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

- Bugun kimni o'yini sizga yoqdi ?

- Alohida ko'rsatmagan bo'lardim. Bugun butun jamoa chin yurakdan o'ynadi. Yaxshi tarkibimiz bor. Ular bilan yuqori natijadar qayd etish mumkin. Faqat ishlashda davom etish lozim.

- Sardor Eminov bugun faol o'ynadi. Uni muxlislar ikkinchi Akmal Xolmatovga qiyoslashmoqda...

-  Etibor uchun rahmat. Haqiqat ham Sardor yaxshi o'yinchi.

- O'yin taqdirini yagona penalti hal qildi.  Tortishuvli penalti haqidagi fikringiz ?  

- O'sha vaziyatni yaqqol ko'rdim. Penalti bor edi. Futbol qoidalari bo'yicha, jarima maydoni ichida to'p qo'lga teksa hakam penalti belgilashi kerak. “Qizilqum” futbolchilarining noroziligini to'g'ri tushunaman. Hakamning ushbu qarori ularning zarariga ishladi.

- Raqib legionerlari “Qizilqum”ga ustunlik berdi deb o'ylaysizmi ?

- Yo'q, “Qizilqum”ning xorijiy vakillarini yaqqol ustun tarafini ko'rmadim. Deyarli “Neftchi”ning maxalliy futbolchilari ulardan yaxshi o'ynadi. Bu mening shaxsiy fikrim. Futbolda oddiy qoida bor. Kim o'yinga yaxshi tayyorlansa va kuchli bo'lsa o'sha g'alaba qozonadi. Demak, “Neftchi” “Qizilqum”dan kuchli ekan, - deb fikrlarini yakunladi “Neftchi” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика