So’nggi yangiliklar

16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  3 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  4 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5

Andrey Fyodorov: "Bunyodkor"ga o'yin bermadik" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Bunyodkor"ga o'yin bermadik"

"Neftchi" hamda "Bunyodkor" jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.


- Birinchi o'rinda barchani g'alaba bilan qutlayman. Muxlislarga esa ajoyib tashrif uchun rahmat aytaman. Birinchi davradagi qoniqarsiz natijalar ortda qoldi deb umid qilaman. Bugun jamoamiz yaxshi o'ynadi. SHu bilan birga muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi deb o'ylayman. To'g'ri balki o'yinni to'liq nazorat qila olmagandirmiz, lekin tuzgan barcha rejalarimiz amalga oshdi. Eng muhimi natija. Murabbiy sifatida o'yindan qoniqdim.

 - Fikringizcha, "Bunyodkor" bugun bo'sh o'yin ko'rsatdimi ?
- Yo'q. Raqib yaxshi o'ynadi. Faqat biz mehmon jamoani o'rganib chiqqandik. Aytish kerakki, "Neftchi" "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadi.

- Statistika shuni ko'rsatadiki, Otabek Isroilov hujumchi sifatida kam gol uradi. Biroq grandlarga qarshi o'yinlarda Otabek g'alaba keltiruvchi to'plarga ko'proq egalik qilyapti. Bu borada qanday fikrdasiz ?
- Otabek jiddiy o'yinlarga o'zini ruhiy tomonlama yaxshi tayyorlaydi. Agar u o'zini boshqa o'yinlarga ham bugungi o'yindek tayyorlasa, ko'plab gollar urishi mumkin. Hamma gap shunda.

- Bugun juda ko'p muxlis keldi. Kutganmidingiz ?
- Kutgandim emas balki ishongandim. Ochig'i, Ramazon oyi bo'lgani uchun birinchi davradagi aksariyat o'yinlarimizga muxlislar kela olishmadi. Ishqibozlar tashrifining keskin pasayishi bu bizning o'yinlarimizga bog'lik emas deb o'ylayman. Men  "Neftchi" muxlislarini yaxshi bilaman. Ular jamoani yolg'izlatib qo'yishmaydi. G'alaba va mag'lubiyatli onlarida ham futbolchilarni birdek qo'llashadi. Ularga yana bir bor rahmat, - dedi Fyodorov

"Neftchi" matbuot xizmati

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика