So’nggi yangiliklar

08:50Goal «Олтин тўп»ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч нафар футболчиси ТОП-10 га илк бор киришди  1 08:23“Реал Мадрид“ яна бир трансфер бўйича ишни якунлади  2 07:56Бугун Ўзбекистон ОТЖ Францияга қарши баҳс олиб боради  5 07:23БАА Спорт вазирлиги "Ҳаммамиз оқлар тарафидамиз" кампаниясини ўтказмоқда: Спорт федерацияларига бепул чипталар тарқатиляпти  16 00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  0 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  1 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  2 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  0 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  4 21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  4 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  9 20:15"Челси" А Сериядаги дарвозабон бўйича ишни бошлади  4 19:39Пенальтидаги “иккинчи тегиниш” қоидасига ўзгартиш киритилди   16 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияда машғулотларни давом эттирмоқда  3

Andrey Fyodorov: “Birinchi bo'lib gol urish asosiy rejamiz edi” Yangiliklar

Andrey Fyodorov: “Birinchi bo'lib gol urish asosiy rejamiz edi”

Oliy liga doirasidagi “Neftchi” – “Paxtakor” (1:0) bahsidan keyin farg'onaliklar ustozi Andrey Fyodorov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
-  Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Juda ham muhim g'alabaga erishdik. “Paxtakor” jamoasi xar qanday bahsda to'pni yaxshi nazorat qiladi. Aynan raqibning ushbu tarafini inobatga olib taktika tanladik. O'yinda davomida bir emas balki ko'plab gollar ham kiritishiz mumkin edi. Biroq vaziyatlardan foydalana olmasligimiz tufayli raqib ko'p hollarda tashabbusni qo'lga oldi. Fikrimcha, “Neftchi” bugun himoyada ham hujumda ham yaxshi o'ynadi. Bu boradan yigitlardan ko'nglim to'ldi. “Paxtakor” bilan o'yinga ikki barobar kuch bilan xozirlik ko'rgandik. Avvaliga “Olmaliq”ni engdik, keyin esa g'olib bo'lishimiz kerak bo'lgan o'yinda mag'lub bo'ldik. Bugun esa “Paxtakor” taslim etildi. Bu nimadan dalolat beradi ? Futbolchilarda “Obod” kabi jamoalarga qarshi o'yinlarga ruhiy tayyorgarlik yaxshi bo'lmaganini ko'rsatadi. Xar bir bahsga jiddiy yondoshmoq lozim. Bugun raqib darvozasini birinchi bo'lib ishg'ol etish asosiy maqsadimiz edi. CHunki hisobda ortda borayotganda vaziyatni tenglashtirish murakkab kechadi. Kamchiliklarimiz bor. Ular ustida ishlaymiz.

-  Mavsum yakunlanib bormoqda. Keyingi yilgi rejalar qanday ? Yanada kuchliroq va tajribali futbolchilarni tarkibga jalb etish borasida nima deysiz ?


-  Nafaqat mavsumlar oralig'ida balki yil davomida jamoamizga qanday futbolchilar jalb etish borasida ishlar davom etadi. Keyingi yili jamoaga kimlarni taklif etish borasida hali yakuniy qarorga kelmadik. Hali oldimizda bir qancha o'yinlar bor. Mana shu o'yinlardan so'ng keyingi mavsumda bizga kimlar kerakligi haqidagi oxirgi qarorni qabul qilamiz. Hali mavsum davom etmoqda.

-  Siz bosh murabbiy bo'lganingizdan beri “Paxtakor” bilan o'zaro o'yinlar natijasi ijoyib tomonga o'zgardi. Buning sababi nimada yoki bo'lmasa Murod Ismoilov sobiq “Paxtakor” ustozi bo'lgani qo'l keladimi ?


-  To'g'ri fikr. Ismoilov bu jamoani yaxshi biladi. Albatta xamkasbimning Toshkent klubida faoliyat yuritgani bizga ko'p qo'l keladi. Bugungi kunda “Paxtakor” safida faoliyat olib borayotgan ko'plab futbolchilar Ismoilovning sobiq shogirdlari bo'lishgan. Ular qanday imkoniyatga ega ekanligini Murod Ismoilov yaxshi biladi.

-  Muxlislarning qo'llab-quvvatlashidan ko'nglingiz to'ldimi ?

-  Albatta! “Neftchi” muxlislari xar doim jamoani qizg'in qo'llab turadilar. Ularga rahmat. CHiroyli va zamonaviy stadionimiz bor. Mana shu stadionni to'ldirib sevimli jamoalariga muxlislik qilishlarini istab qolardim. Albatta tomoshabinlar tashrifi bevosita jamoaning natijalarga ham bog'liqdir. Nasib qilsa, navbatdagi bahslarda ham g'alaba qozonib, muxlislarni yana stadionga chorlaymiz.  “Neftchi” o'z muxlislari uchun o'ynaydi. To'g'ri xozircha turnir jadvalida sovrinlar o'rinlar uchun kurashmayapmiz. Biroq bizning vazifamiz xar bir bellashuvda uch ochkoga ega chiqishdir, - deb fikrlarini yakunladi Fyodorov.

“Neftchi” matbuot xizmati
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика