Andrey Fyodorov: "Ayrim kamchiliklarni yo'qotish ustida ishlashimiz kerak"
10 apr 2019 10:49
Yangiliklar


Andrey Fyodorov: "Ayrim kamchiliklarni yo'qotish ustida ishlashimiz kerak"
Osiyo chempionlar ligasi 3-turida "Lokomotiv" mag'lubiyatga uchradi.
"Temiryo'lchilar" Saudiya Arabistonining Jidda shahrida "Al Ittihod" mehmoni bo'lib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov quyidagi fikrlarni bildirdi:
- Avvalo "Al Ittihod"ni g'alaba bilan tabriklayman. SHuni aytishim kerak, biz bu o'yinda nohaq mag'lubiyatga uchradik. Bunday holat avvalgi turda "Al Rayan" bilan kechgan bahsda ham kuzatilgandi.
- O'tkazib yuborilgan gollarni aytmaganda o'yinga belgilagan taktikamiz ish berdi. Menga jamoa harakati yoqdi, lekin afsuski yutqazib qo'ydik. Ayrim kamchiliklar bor va ularni bartaraf etish ustida ishlashimiz kerak. Endi keyingi o'yinlarda g'olib chiqishga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar