So’nggi yangiliklar

09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  0 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  4 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  8 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   9

Andres Inesta: “Klubning yanada buyukroq bo'lishiga hissa qo'shmoqchiman” Yangiliklar

Andres Inesta: “Klubning yanada buyukroq bo'lishiga hissa qo'shmoqchiman”

“Barselona” sardori Andres Inesta “El Pais” nashriga bergan intervyusida uni maydonda nima ruhlantirishi va o'zining klubdagi faoliyati xususida berilgan qator savollarga javob qaytardi.


- Luis Enrike jamoa boshqaruviga kelganda qanday darajada o'zgarishingizga to'g'ri keldi?

- Gap bunda emas, men shunday o'ylayman. Aslida barchasi oddiy: men o'ynashni xohlayman. Jamoa talabi meni qilishing kerak ishga majbur etadi. Bazan o'ngda, bazida chapda harakat qilasan. O'yinimda sezilarli o'zgarish yuzaga keldi deb hisoblamayman. Poziciyam yoki o'yinimni o'zgartirganim yo'q. Futbolni qanday his qilsam, shunday o'ynayapman.

- Bu jamoaga zaxira o'rindig'idagi Luis Enrike ko'proq tasir ko'rsatdimi yoki maydondagi Luis Suares?

- Ular bizni o'zgartirmadi. Bizda hamon o'sha o'yin uslubi bor, faqat turli ko'rinishda. Oldinda Luis va Neymarning borligi aniq shartlarni qo'yadi. Va bu shartlar bizning foydamizga ishlamoqda. Luis bizga ko'p narsa berdi. Birinchi o'rinda gollar. Lekin ishtiyoq, ortda ishlash, ko'p narsalar. U hal qiluvchi rolni o'ynayapti. Uning biz bilan ekani sovg'a. Luis qisqa paslarda to'pni ushlaydi va uzoq to'p oshirishga imkoniyat qidiradi.

- Sardor ekaningiz sizga nima beradi?

- O'ylashimcha, masuliyat. O'zimni yanada yaxshiroq sezyapman, ammo buning ostida javobgarlik turibdi. Bu yaxshi. Sardor bo'lish o'zgacha narsa. Klubda o'tkazilgan shuncha yildan keyin bu ishonib bo'lmas darajadagi narsa. Bu senga qo'shimcha ish beradi. Bu maydonga tushib kelishda yoki hakamlar bilan ko'rishishda suratga tushish uchun emas. U hammani bilishing va ular bilan qiziqishingni anglatadi. Jamoani yakka holda har qachongidan tanishtirasan. Yana bu oddiylik talab qiladi.

- Nima ko'proq kuch talab qiladi: “Barselona” yarim himoyasida o'ynashmi yoki Pike va Alvesni ijtimoiy tarmoqlarda nazorat qilishmi?

- Barcha holat ustida ishlashga to'g'ri keladi. Misol uchun, mashg'ulot jadvali o'zgarishi yoki jamoadoshlaringdan bazilarining shaxsiy jihatlari bilan. Hech kim jamoaga zarar keltirishni istamaydi. Lekin ko'plab fikrlar ularning oshirib ko'rsatilishiga olib keladi. Bunga aloqador bo'lmasligimiz kerak, chunki buni nazorat qilish imkonsiz bo'lib qoladi. Tajriba hamisha zarur oraliq topish kerakligini ko'rsatadi.

- “Barselona”ning La Ligada g'alabasini etarlicha hurmat qilmaslikni qanday hisoblaysiz?

- Hurmatsizlik ko'rmayapman. Biz chempionlarmiz. Li Ligani yana yutdik. Har kim istaganini gapirsin, bunga ularning haqqi bor. Barchasi joyida. Biz baxtlimiz. Liga juda qiyin va bu bizning yutuq qiymatini oshiradi. Mavsumni boshlaganda chempionatni yutishni xohlaysan. Bu o'ynalgan har tur uchun mukofot. Mavsum ligada nechanchi o'rinni olganing bilan o'lchanadi. 38 o'yindan keyin qo'lga kiritiladigan sovrin uni yanada ahamiyatliroq qiladi. “Real” va “Atletiko” kabi jamoalar bu yil La Ligani yuta olmagani muvaffaqiyatimiz bahosini yanada oshiradi.

- CHempionlar ligasi finali “Barselona” ijrosidagi mavsumga soya soladimi?

- Har kim o'zicha tahlil qiladi. Men boshqa jamoa CHempionlar ligasida g'alaba qozonganidan o'zimni yomon his etmayapman. Erishganlarimdan faxrlanaman. CHempionlar ligasini o'tgan mavsumda yutdik va bu safar ham bunga juda intildik. Kelasi mavsumda ham buning uchun borimizni beramiz.

- Doimo yildan-yilga yaxshiroq bo'lib borish maqsadingiz ekanini aytasiz. Bunga qanday erishasiz?

- Maydonda va o'yindagi masuliyatim bo'yicha bu mavsumni eng yaxshilaridan biri qatoriga qo'sha olaman. Agar eng yaxshisi bo'lmasa. Bu mavsumdan katta huzur oldim.

- Statistika bo'yicha bu mavsum eng kam pas bergansiz.

- Men statistika ishqibozi emasman. Unga qo'shilsak, men uchun zerikarli bo'lgan. Aslida maydonga doim rohatlanish uchun tushaman. Va bu yil menda yaxshi ko'rinish oldi. Kiyinish xonasiga jarohatsiz g'alaba bilan va o'zingni yaxshi his etib qaytishdan kattaroq mukofot yo'q. Bu taassurot ko'plab uchrashuvlarda takrorlandi. Ko'p yoki kam pas berganimni bilmayman, lekin vaqtni ajoyib o'tkazdim.

- Messining jamoada ekanligi sizlarga ustunlik beradimi?

- Uning borligi barchasini osonlashtirsa, nega buni inkor etish kerak. U xuddi kafolat kabidir. Bazan biz 12 o'yinchi bo'lgandek harakat qilamiz. Biz himoyada o'ynab, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'la oladigan yigit haqida gaplashyapmiz. U hal qiluvchi jihat. Leoning biz bilan ekanligi baxtimizdir.

- Nima uchun Simeone va Zidan bunchalik ko'p olqish olgani holda Luis Enrike etarlicha baholanmasdan qolib ketmoqda?

- Bilmayman va buni tushunmayman. Bu erda Luis Enrike qilayotgan va yutayotgan narsalarni qadrlaymiz. Ikki farzandim bor va ularga ko'p vaqtimni bag'ishlayman. Qolgan narsalarga ko'p etibor qilmayman. Futboldan to'g'ri bolalar yoniga. Mashg'ulotdan so'ng uyga boraman va umuman boshqa hayot boshlanadi. Bu erda boshqacha talab bor. Boshqa narsalar bilan bandman.

- Siz yashayotgan yillaringizga nisbatan ko'proq sovrin yutishga yaqin turganingizni bilasizmi?

- Bilaman, chunki odamlar menga gapirishdi. Lekin ularni hisoblamayman. Ularning sonini bilmayman. Klubni yanada buyukroq qilish uchun shaylanganman. Bu to'g'risida hatto eng yaxshi tushlarimda ham orzu qila olmayman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика