So’nggi yangiliklar

19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Andrey Kojokar: Lokomotivda barchasi bir maqsadga qaratilgan Yangiliklar

Andrey Kojokar: Lokomotivda barchasi bir maqsadga qaratilgan

Yangi mavsumda ham o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yayotgan Toshkentning Lokomotiv klubi tarkibiga mahoratli futbolchilarni qo'shib olishda davom etmoqda.
Jumladan, kuni kecha temiryo'lchilar endilikda Kishinyovning Zimbru klubi sobiq futbolchisiga aylanib ulgurgan mahoratli yarim himoyachi Andrey Kojokar bilan bir yillik shartnomaga imzo chekishdi. SHu munosabat bilan Moldova terma jamoasi azosiga mamlakatning taniqli www.moldfootball.com portali muxbiri bir nechta savollar bilan murojaat qildi. Quyida ana shu intervyuni hukmingizga havola qilamiz.

- Andrey, sizni O'zbekistonda qanday kutib olishdi? Dastlabki taassurotlar qanday?
- O'zbekistonda meni juda yaxshi kutib olishdi, bu erda hammasi ajoyib. Klub rahbariyati futbolchilar o'yindan boshqasiga chalg'imasliklari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilmoqda. Barcha maqsad klub oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan. Toshkent shahri esa xuddi Kishinyovga o'xshaydi, ammo bizda harakat ko'proq, chunki shahrimiz nisbatan ixcham. Toshkent esa aksincha, ancha keng va chiroyli ekan. Ehtimol, bu erda oilam ham bo'lganida o'zimni xuddi uydagidek his qilarmidim?! SHuningdek, bu erning taomlari ham juda mazali.

- Lokomotiv varianti qanday paydo bo'ldi?
- Aytish mumkinki, mutlaqo kutilmaganda. Menda Yangi yildan keyin faoliyatimni davom ettirish uchun bir nechta variantlar bor edi. Ammo, bexosdan do'stim, hozirda FIFA agenti sifatida faoliyat ko'rsatayotgan Mamuka Lomidze qo'ng'iroq qilib qoldi. U ayni paytda Dmitriy Gradilenko bilan hamkorlik qilyapti. Mamuka mendan Toshkentning Lokomotiv klubida omadingni sinab ko'rmaysanmi, deb so'rab qoldi. Buning ustiga jamoaga tayanch yarim himoyachi zarur ekan. Faqat javobni tezda aytishim lozim edi. Men umr yo'ldoshim bilan maslahatlashdim va Lomidzega qo'ng'iroq qilib rozi ekanimni aytdim. Darhol aviachiptaga buyurtma berdik va ertasiga ertalab Toshkentga uchib ketdim.

- Nega o'zingiz uchun ekzotik sanalgan mamlakat taklifini qabul qildingiz?

- O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini shu jamoani kuzatish bilan o'tkazdim, negaki jamoada mening yaqin do'stim Aleksandr Onika to'p surardi. U bilan doimo gaplashib turamiz. Onika orqali bu klubda bo'layotgan o'zgarishlardan xabardor bo'lib turardim. Men doimo do'stlarim o'z klublari safida qanday to'p surishayotgani bilan qiziqib turaman, yangiliklarni kuzatib boraman, agar do'stlarim gol ursa muvaffaqiyati bilan tabriklayman. Men o'tgan mavsumdayoq Lokomotiv chempion bo'lishini juda xohlagandim. Ammo, ularni unvondan atigi bir ochko ajratib qoldi. Bu esa meni jamoaga jalb qildi, chunki Lokomotiv ushbu mavsumda ham chempionlik uchun kurashadi. Qolaversa, meni Osiyo CHempionlari ligasi ham qiziqtirib qoldi. Va albatta bu erda masalaning moliyaviy jihati ham muhim rol o'ynadi.

- Sizning Zimbru klubi bilan shartnomangiz bor edi. Bu masalani qanday hal qildingiz?

- Ha, mening Zimbru bilan bir yillik shartnomam bor edi. Ammo, uni imzolashda agar menga qishki transfer oynasida manfaatli taklif bo'lsa qarshilik qilmasligiga kelishib olgandik. SHu bois Zimbru klubi rahbariyatiga vadasida turganligi va menga qarshilik qilishmagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Biz qo'l qisib bir-birimizga muvaffaqiyat tiladik. Albatta, jamoadan ketish oson bo'lmadi, ammo hayot shunday qurilgan. Bu jamoada sadoqatli muxlislar bor va umid qilamanki, Zimbru ularni o'z g'alabalari bilan xushnud etadi. Men esa o'z navbatida jamoa o'yinlarini kuzatib boraman va ular uchun qayg'uraman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика