Andrey Kanchelskis: "2002 yilgi holat takrorlanmasa bo'ldi"
07 dek 2013 11:20
Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: "2002 yilgi holat takrorlanmasa bo'ldi"
Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis "R-Sport" nashriga bergan intervyuda JCH-2014ga tashlangan quradan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- Rossiya terma jamoasi oson guruhga tushdi, jamoamiz keyingi bosqichga chiqishi kerak. Barchasi o'z qo'limizda, o'ynanglar, gol uringlar va keyingi bosqichga chiqinglar. Faqat 2002 yilgi holat takrorlanmasa bo'ldi. O'shanda guruhimizda Belgiya, Yaponiya va Tunis bor edi va Rossiya keyingi bosqichga chiqa olmagandi.
Guruh favoritlari Belgiya va Rossiya, ammo Jazoir termasining kuchini umuman bilmayman. Koreyslar bilan yaqinda o'ynagan bo'lsak, jazoirliklar haqida mutlaqo malumotlar yo'q. Qura yaxshi keldi, agar guruhdan chiqa olmasak keyin muammo bo'ladi, - deydi Kanchelskis.

Fikrlar