So’nggi yangiliklar

12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3

Andrey Akopyanc: "O'zbekiston klubidan taklif olaman deb o'ylamagandim" Yangiliklar

Andrey Akopyanc: "O'zbekiston klubidan taklif olaman deb o'ylamagandim"

Xabaringiz bor, hamyurtimiz Andrey Akopyanc ayni paytda "Buxoro" klubi safida ko'rikdan o'tmoqda.
Axborot hamkorimiz "Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri Akopyancdan intervyu oldi. Quyida uning eng asosiy qismi bilan tanishib olish mumkin.

- Sizni yana O'zbekistonga qaytishingizni kutmagandik. Buni o'zingiz qanday izohlaysiz?
- Ochig'i, o'zim ham bunday bo'ladi deb o'ylamagandim. "Buxoro" taklifi kutilmaganda yuz berdi. Ular jamoada o'zimni sinab ko'rishimni aytib taklif bilan chiqishdi. Bu taklifdan juda xursand bo'ldim va o'ylab ham o'tirmay rozilik berib vatanimga qaytdim. Qolaversa, O'zbekiston mening vatanim va bu erga hamiga qaytishni xohlardim.

- 2009 yil Samarqandning "Dinamo" klubidan ketgach Rossiyada faoliyat olib bordingiz. Qaysi klublarda o'ynadingiz?

- Rossiyada "Nijniy Novgorod", "Luch Energiya", "Fakel" va "Ximki" klublari sharafini himoya qildim. Bu jamoalarning barchasi Rossiya birinchi divizioni ishtirokchilari edi.

- Bu yil 37 yoshga kirasiz. SHu bois faoliyatingizni yakunlasangiz kerak deb o'ylagandik...

- To'g'ri, ko'pchilik shunday o'ylagandi. Lekin men futboldan charqaganim yo'q va maydonga chiqib yugurishni xohlayman. "Ximki"dan ketgach butsalarimni mixga ilish haqida o'yladim. Biroq "Buxoro"ning taklifi faoliyatimni davom ettirishga turtki bo'ldi.

B.Tursunov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика