Andrea Pirlo: "Ronalduga bitta maslahat bera olaman - shu ruhda davom etish!"
22 noy 2020 11:00
Yangiliklar


Andrea Pirlo: "Ronalduga bitta maslahat bera olaman - shu ruhda davom etish!"
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo A Seriya 8-tur doirasidagi "Kalyari" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng bahsda ikkita gol urgan forvard Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Ronaldu - barchaga malum bo'lganidek, katta professional. U o'yin paytida ham, mashg'ulot paytida ham atrofdagilarga haqiqiy o'rnak bo'la oladi.
Men Ronalduga bera oladigan yagona maslahat - uning shu ruhda davom etish", - deydi Pirlo.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi 2018 yildan beri "Yuventus" sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar