Andrea Pirlo: "Barselona"dagi inqirozga ishonmayman"
08 dek 2020 01:01
Yangiliklar


Andrea Pirlo: "Barselona"dagi inqirozga ishonmayman"
Turinning "Yuventus" klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo ECHL guruh bosqichi 6-turi doirasidagi "Barselona" bilan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Janluiji Buffonning ahvoli joyida, u ertaga maydonga tushishi mumkin. Buffon bunday o'yinlarda ishtirok etishga loyiq sportchi.
"Barselona"ning inqirozga uchraganiga ishonmayman. Bu ajoyib jamoa.
Bu o'yin o'zishimiz juda muhim. Guruhni birinchi pog'onada yakunlash yaxshi, ammo bizning maydondagi o'yinimiz muhimroq", – dedi "keksa sinora" bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar