So’nggi yangiliklar

16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  0 16:25Суперлига. "Сурхон" – "Динамо". Таркиблар маълум  0 16:23"Бухоро" — "Пахтакор". Таркиблар маълум  4 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  2 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 15:14"ФарДУ" — "Олимпик MobiUz". Таркиблар маълум  0 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  14 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  10 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  42 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5

Andrea Pirlo: “APL va A seriya jamoalaridan takliflar bo'lgandi, ammo...” Yangiliklar

Andrea Pirlo: “APL va A seriya jamoalaridan takliflar bo'lgandi, ammo...”

“Yuventus” yoshlar jamoasining bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoada yangi lavozimdagi taassurotlari haqida gapirdi.

“Yuventus” yoshlar jamoasining bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoada yangi lavozimdagi taassurotlari haqida gapirdi.

“Murabbiylik faoliyatimni boshlaganimdan xursandman. Futbolchi sifatida his qilgan tuyg'ularni murabbiy sifatida ham takrorlayman degan umiddaman. 

Yangi lavozimda ish boshlashimni sabrsizlik bilan kutayapman. Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng men yana shu sohada ish boshlashim kerakligini tushunib etdim. “Yuventus”ga qaytganimdan judayam xursandman.

“Milan”dagi 10 yillik faoliyatimdan keyin men bu erga qaytdim va meni ushbu ahil oilaga qabul qilishdi. Bu erdagi futbolchilar bilan tezda kelishib ketdim. O'sha paytda Turinni tark etgan bo'lsamda, barcha bilan iliq aloqalarim saqlanib qolgandi. “Milan” bilan o'ziga xos tarixga egaman. Ammo u erda hozir men bilan birga ishlaganlardan deyarli hech kim qolmadi.

Menga A seriya va APL klublaridan takliflar bo'lgandi. Ammo murabbiylik faoliyatmni boshlash uchun “Yuventus” eng to'g'ri yo'l ekanligini tushunib etdim”, dedi Pirlo.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика