Andre Villash-Boash: "SHunday ajoyib jamoa murabbiyi ekanligimdan baxtliman"
17 sen 2014 09:08
Yangiliklar


Andre Villash-Boash: "SHunday ajoyib jamoa murabbiyi ekanligimdan baxtliman"
- "Zenit" - hozir guruhning eng kuchli jamoasi-mi?
- Baho berishga hali erta. Albatta, natija bizni qanoatlantiradi. Agarda keyingi o'yinni ham yutsak, undanda xursand bo'lamiz. Lekin, qaytaraman baho berishga hali bir oz erta.
Ammo takidlabo'taman musobaqani g'alaba bilan boshlash, buning ustiga "Benfika"ni uning maydonida taslim qilish juda yaxshi natija.
- Siz qatorasiga uchinchi bor Jezushni mag'lub etdingiz. Buning siri nimada?
- Men shunday ajoyib jamoa murabbiyi ekanligimdan baxtliman. Jamoada yuqori darajadagi futbolchilar jam bo'lgan. Aynan shu menga qo'l keldi.
- Uchrashuvning hal qiluvchi vaziyati qaysi bo'ldi?
- Albatta, darvozabon chetlatilgandan so'ng bizga ancha oson bo'ldi. Tan olish kerak aynan shu chetlatish bizga qo'l keldi.
Hakamlik borasida nima deysiz?
- Ular ishonch bilan qaror qabul qilishdi, muhokamaga hojat yo'q, – dedi Villash-Boash.

Fikrlar