Andre Villash-Boash Modrichning "CHelsi"ga transferi barbod bo'lganini aytdi
28 sen 2022 23:50
Yangiliklar
Andre Villash-Boash Modrichning "CHelsi"ga transferi barbod bo'lganini aytdi
"CHelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Andre Villash-Boash yarim himoyachi Luka Modrich "Tottenxem"da o'ynab yurganida "aristokratlar" tarkibiga o'tishi mumkin bo'lganini aytdi.
"SHak-shubxasiz, biz Modrichni qo'ldan chiqardik. 2012 yil edi. O'shanda Joau Moutinyu zaxira varianti sifatida ushlab turilgandi. Roman Abramovich uni olib kelib beraman deb so'z bergandi. Yakunda Moutinyu bir necha yildan keyin Premer-ligaga keldi. Uni avvaliga "CHelsi"ga, keyin esa "Tottenxem"ga olib kelmoqchi bo'lgandim.
Modrichning "CHelsi"ga o'tishi deyarli aniq deb o'ylagandim. Biroq yakunda u "Real"ga o'tib ketdi. Keyin esa Moutinyuning transfer ishi ham o'xshamadi. Yakunda klub Alvaro Pereyrani olib keldi. Abramovich Modrichni ham Moutinyuni ham olib kela olmadi", - dedi Andre Villash-Boash.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Кападзе "Навбаҳор"даги дебютида Самарқандда "Динамо"ни енгди
Суперлига. Амалдаги чемпион "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Суперлига. Шаланинг сўнгги дақиқаларда урган голи "Насаф"га ғалаба тақдим этди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Вильярреал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Ямалдан хет-трик
Fikrlar