Andre Villash-Boash “Marsel”ni tark etmaydi
12 okt 2019 17:22
Yangiliklar


Andre Villash-Boash “Marsel”ni tark etmaydi
"Marsel" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash jamoada qolishini malum qildi.
“Bizning asosiy muammomiz – klubimiz moliyaviy qiyin ahvolda ekanligi”, - dedi “Marsel” bosh murabbiyi. – Bu haqda klub prezidenti va egasidan bilib oldim. Umid qilamanki, bu vaqtinchalik qiyinchiliklar va meni bu erda iliq kutib olgan jamoadan ketmoqchi emasman.”
SHuningdek, 41 yoshli mutaxassis o'zining kelajakdagi rejalari haqida gapirib berdi: “Men murabbiylik faoliyatimni o'n yilligini nishonlamoqdaman. Kelgusida “Portu” prezidenti bo'lish istagi ham yo'q emas.”
Eslatib o'tamiz, Liga 1ning 9-turidan so'ng, "Marsel" sakkizinchi pog'onani egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar