“Andijon”ning 50 yillik yubileyi qachon nishonlanadi?!
09 noy 2014 08:00
Yangiliklar

“Andijon”ning 50 yillik yubileyi qachon nishonlanadi?!
2014 yil ayrim klublarimiz uchun alohida sana deyish mumkin.
CHunki bazi-bir jamoalarning tashkil etilganiga 30 va 50 yil to'ldi. Gap aynan qaysi jamoalar haqida ketayotganini zukko o'quvchilarimiz allaqachon anglab etgan bo'lsa ajab emas. Ha, Muborakning “Mashal” jamoasiga asos solinganiga joriy yil 30 yil bo'ldi. Klub o'ziga xos yubileyni yaqinda ajoyib tarzda o'tkazdi. Kichik shaharning jamoasi bo'lmish “Mashal” o'ziga xos sanani munosib ravishda o'tkazgan bo'lsa, lekin o'zbek futboli tarixida o'z o'rniga ega bo'lgan “Andijon” bu borada hamon jim.
Andijonda jamoa tashkil topilganiga yarim asr bo'lgan ersada, bugungi kunda jamoa go'yoki hech kimga kerak bo'lmay qolgandek tuyulmoqda. Afsuski etakchi ishqibozlarga ega bo'lgan “Andijon” 50 yillik to'yida yana quyi ligaga ravona bo'ldi. Bu esa mahalliy kishilarni chuqur iztirobga solgani aniq. Garchi viloyat hokimi va homiylar tomonidan etarlicha etibor qaratilayotgan bo'lishiga qaramay, klub yana birinchi ligaga ravona bo'ldi. Yaqinda saytimiz orqali “Andijon”ning ham yubiley bo'lishi haqida xabar bergandik. Noyabr oyining dyaerli 10 kuni ham ortda qoldi. Ammo bilishimizcha bu borada dastur hanuz ishlab chiqilmagan. Klub rahbariyatida o'zgarish yuzaga kelgach, futbolchilar oylik maoshlarini olmay qo'ygan. Ularning dardi ichida. Etibor bergan bo'lsangiz, bu yil jamoa o'zagini deyarli mahalliy yigitlar tashkil etdi. Kecha “Neftchi”ga qarshi bahsda ham 2-3 nafar o'yinchini inobatga olmasa, qolgani Andijon futboli maktabi tarbiyalanuvchilaridir. Jamoa yana birinchi ligaga tushib ketgach, muxlislar aybni ko'proq o'sha futbolchilarga to'nkamoqda. Aqlli odam hech qachon futbolchini xolatini bilmasdan shaxsiyatiga tegmaydi. Lekin ko'ryapmizki, futbolchilardan ishqibozlar qattiq ranjigan. O'z viloyati jamoasi uchun borini berib o'ynagan yigitlar kamiga tanqidga uchramoqda. Klubda tashkiliy ishlar joyida emasligini ko'pchilik bilmaydi. Yoki moddiy kelishmovchiliklar yuz berganidan o'sha tanqidchilar xabardor emas. Natijaga erishish faqatgina o'yinchilarning mahoratiga bog'liq emas. Jamoa deganda uning ishchi xodimlari ham tushiniladi. SHunday ekan, har bir xodim o'z ishiga jiddiy qarab, aytilgan vaqtda maoshlar berib borilsa, “Andijon” bugungidek yana oliy liga bilan xayrlashmagan bo'lardi. Tabiiyki bunda kimnidir aybdor sifatida ko'rsatib bo'lmaydi. Lekin futbolchilar bilan suhbatlashganimizda kerak bo'lsa, o'tgan yilgi bonus va bir nechta mukofot va oylik maoshlarini olisha olmay qolib ketganini takidlashadi. O'rtada ishonchsizlik paydo bo'lganidan so'ng, futbolchilardan bundan ortiq natija kutish ham noo'rin bo'lsa kerak. Bu bilan andijonlik futbolchilarni mamlakatimizning etakchi o'yinchilari, ular tengsiz demoqchi emasmiz. Albatta ular ham qaerdadir xatoga yo'l qo'ygan. Lekin yuqorida takidlaganimizdek, klubda olib borilgan noto'g'ri siyosat yakunda pand berdi. Bundan kimdir yutdi, yana kimdir yutqazdi.
Mavzuimizning asosiy mohiyatiga o'tadigan bo'lsak, viloyatda jamoaning asos solinganiga 50 yil to'lgani munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazish borasida hamon jim-jitlik hukm surmoqda. Nahotki Muborakdek kichik tuman jamoasi o'zining 30 yillik to'yini nishonlagan bir paytda, Andijondek katta bir viloyat jamoasi yarim asrlik to'yini tashkil eta olmasa?!
SHuhrat Maqsudov boshqaruvidagi U-22 terma jamoasining Andijonga tashrif buyurib mahalliy jamoa bilan sinov-nazorat bahsida maydonga tushib, shu orqali ishqibozlarga shou taqdim etilishi aytilgandi. Lekin ushbu terma jamoamiz 12-19 noyabr kunlari BAAda yig'in o'tkazishini inobatga oladigan bo'lsak, bu uchrashuv xorij yig'inidan qaytib kelinganidan so'nggina amalga oshishi mumkin.
Bizningcha agarda terma jamoani Andijonga olib kelishni imkoni bo'lmasa, bugungi “Andijon” bilan ilgari ushbu jamoa sharafini himoya qilgan sobiq o'yinchilarni taklif etib, o'yin tashkil etsa ham maqsadga muvofiq bo'lardi. CHunki bizningcha andijonlik muxlislarga U-22 terma jamoadan ham ko'ra, ilgari “Andijon” sharafini himoya qilgan Qobuljon Olimjonov, Andrey SHipilov, Orif Mamatkazin, Qahramon Abduqodirov, Bahodir Rahmonov, Zahiriddin Akbarov, Zafar Musaboev, Otabek Qilichev, Baxtiyor Hamidullaev kabi o'yinchilarni ko'rish qiziq bo'lsa kerak. Sababi ishqibozlar bu o'yinchilarni “Andijon”dagi faoliyatini juda yaxshi eslab yurishadi.
“Andijon-2014” bilan “Andijon-faxriylari” o'yinidan so'ng shahardagi birorta to'yxonada bayram dasturxoni yozilib, shu tariqa 50 yillikni o'tkazsa ham bo'lardi. Har xolda jimgina o'tib ketgandan, shunisi maqul. Yana bilmadik...
Islombek Rustambekov.

Fikrlar