"Andijon"dan yanada dadillikni kutamiz
16 noy 2013 12:54
Yangiliklar

"Andijon"dan yanada dadillikni kutamiz
Mana yurtimizda futbol mavsumini ham yakunlab oldik. Mavsum davomida "Bunyodkor"ga oson bo'ldi deb bo'lmaydi.
CHunki uning ortidan "Lokomotiv" va "Nasaf" jamoalari chempionni izma-iz taqib qilib kelishdi. Qolgan jamoalar ham etakchilarga qarshi o'yinlarda o'zlarini yo'qotib qo'ymadilar. Dadillik bilan to'p surdilar. Lekin bunday dadillikni "Andijon" jamoasida ko'rmadim. Birinchi ligadan oliy ligaga kaytishga muvaffaq bo'lgan "Andijon" "qaldirg'ochlar"ga qarshi o'yinda zaif tomonlarini ochib berdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Azamat Abduraimov shogirdlari o'yinda har tomonlama engilishdi. O'yin shou bo'lgani uchun durang natija qayd etilgandir. Ammo jamoa bu ketishda oliy ligada o'z oldiga qo'ygan maqsadiga eta olmaydi. To'g'ri, mavsum endi tugadi, futbolchilarda charchoq alomatlari sezildi deyishingiz mumkin. Ammo andijonliklar o'z o'yinlarini kuchaytirishga erishmasalar muvaffaqiyat qozona olmaydilar. Eng birinchi navbatda himoya va hujum chizig'ini kuchaytirish kerak. Himoyada jamoa ko'plab xatolarga yo'l qo'ymokda.
Birinchi ligada "Andijon" kam gol o'tkazib yubordi deyishingiz mumkin. Ammo jamoalarning kuchiga ham etibor qaratish lozim. Birinchi liga bahslari davomida nisbatan kuchsiz jamoalarga qarshi kechgan bahslarda "burgutlar" ortiqcha qiyinchilikka duch kelishmadi. Ko'plab gollar kiritdi. Bu ular uchun odatiy holga aylanib kolgan edi. Bitta o'yin bilan jamoaning zaif himoya chizig'ini ko'rishga muvaffaq bo'ldim. Tajribali himoyachilarni jalb etish orqali jamoa faqat yutishi mumkin. Keyingi masala bu hujum chizig'i. Bu masalani bosh murabbiy ijobiy hal etishi tarafdoriman. Jamoada oldinda tup suradigan yagona tajribali hujumchi bu Lochin Solievdir. Bu hujumchi birinchi liga bahslarida to'purarlik mahoratini yana ko'rsatib berdi. Jamoaning eng ko'p gol urgan hujumchisiga sherik sifatida mahoratli o'yinchilarni jalb etish kerak. SHunda klub oliy ligada o'z maqsadiga etishi mumkin.
Hozirda "Andijon"da yoshlarga kup etibor qaratilyapti. Jamoaning aksariyat o'yinchilari yoshlardan iborat. Bu albatta quvonarli holat. Azamat Abduraimov ham o'z intervyularida oliy ligada yoshlarga tayanamiz deb ko'p takidlamokda. Bu ham to'g'ri. Endi jamoaga legioner futbolchilarni taklif etishga etiborni qaratish kerak. Qaerdagi legioner emas, jamoa uchun foyda keltiradigan tajribali legioner kerak.
Xulosa kilib aytadigan bo'lsam, jamoa o'z oldiga maqsad qo'yar ekan, unga etishish uchun katta mehnat qilishi talab etiladi. SHunday ekan jamoani raqobatbardosh qilib shakllantirishga bel bog'layotgan murabbiyga omad tilab qolamiz.
Farg'onadan Komiljon Ikromov

Fikrlar