"Andijon"da yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda
09 jan 2014 22:45
Yangiliklar

"Andijon"da yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda
Jamoamizni Andijonda olib borayotgan o'quv-mashg'ulot yig'ini qizg'in davom etmoqda.
Mashg'ulotlar SHo'rbuloq dahasidagi suniy qoplamali maydon hamda olimpiya zaxiralari sport kolleji zalida o'tkazilmoqda.
Ikkinchi yig'inga ayrim o'zgarishlar kiritildi. Avval xabar qilganimizdek, mazkur yig'in 15 yanvargacha emas, 20 yanvarga qadar Andijonda olib boriladi. SHundan so'ng jamoamizning yig'ini Toshkentga ko'chadi. 11 yanvar kuni murabbiylar futbolchilarni ikki tarkibga bo'lgan holda o'yin o'tkazishadi. 18 yanvar kuni esa “Navbahor” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bu o'yin Andijonda o'tkaziladi. Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, ayni paytda jamoada bir qator o'yinchilar ko'rikdan o'tkazilyapti. Nikita Pavlenko, Vusol Mageromov va Akmal Ortiqov mashg'ulotlarda ishtirok etishayotganini avval aytib o'tgandik. Ulardan so'ng tarkibga Muhiddin Xudoyorov, Omad Toyloqov va Qahramon Bahodirov qo'shilishdi. O'z vaqtida “Bunyodkor”da faoliyat olib borgan yosh darvozabon Xudoyorov jarohat tufayli o'tgan yili hech qaerda o'ynamadi. Toyloqov bilan Bahodirov Samarqandning “Dinamo” jamoasidan kelishdi. Bugun tarkibga yana yana ikki nafar futbolchi kelib qo'shildi.
“Neftchi”ning sobiq posboni Xurshid Xo'jaev va o'tgan yili “CHust-Paxtakor”da o'ynagan hujumchi Nizom Norov jamoamiz mashg'ulotlarida ishtirok etishyapti.
Jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar hozircha ko'rikdan o'tkazilmoqda. Agar ular yig'inlarda o'zlarini ko'rsatishsa jamoada qolishadi.
Jamoamiz bosh murabbiyi Azamat Abduraimov tayyorgarlik to'g'risida quyidagi fikrlarni bildirdi.
– Mashg'ulotlarni kuniga ikki mahaldan olib boryapmiz va futbolchilar astoydil shug'ullanishyapti. Tayyorgarlik rejamizga kichik o'zgartirish kiritib 20 yanvarga qadar shu erda shug'ullanadigan bo'ldik. SHundan so'ng yig'inni Toshkentda davom ettiramiz. Ayni paytda yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazyapmiz. Bizga maqul kelgan o'yinchilarni jamoada olib qolamiz.

Fikrlar