So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

"Andijon"da o'tgan mavsum bo'yicha qarzdorlik bor Yangiliklar

"Andijon"da o'tgan mavsum bo'yicha qarzdorlik bor

O'tgan yili birinchi ligada ishtirok etgan “Andijon” jamoasi o'z oldiga qo'ygan vazifani bajarib oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Bu maqsadga erishishda futbolchilar maydonda astoydil mehnat qilishdi. Buning natijasida andijonliklar muxlislarga jamoamiz yana oliy ligani taqdim etdi. Ayni paytda jamoamiz ulkan maqsadlar bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Lekin shuni ham aytib o'tish kerakki, o'tgan mavsum bo'yicha futbolchilar bilan hali to'la hisob-kitob ishlari qilinmadi. Yani futbolchilar oldida 9 o'yin g'alabasi uchun mukofot pullari hamda eng asosiysi oliy liga yo'llanmasi qo'lga kiritilgani uchun beriladigan bonuslar turibdi. O'tgan yili “Andijon” jamoasining mavsum yakunlari bo'yicha o'tkazilgan bayram tadbirida viloyat hokimi jamoa uchun befarq emasligini aytib, moddiy tomondan yordam berishni takidlab o'tgandi.

Bu borada vaziyat qanday ekanligini bilish maqsadida bosh murabbiy Azamat Abduraimovning fikri bilan qiziqdik. - Jamoamizning bosh homiysi “GM-Uzbekistan” qo'shma korxonasi hisoblanadi va ular bizga har qanday yordamni berib kelishmoqda. Ammo shuni aytish kerakki, xokimiyat tomonidan o'tgan mavsum uchun futbolchilar oldida mukofot pullari bo'yicha qarzdorlik bor. Qolaversa, oliy ligaga chiqqanimiz munosabati bilan futbolchilarga bonuslar berilishi kerak. Yil boshida futbolchilarga hech qanday ko'tarma pullari berilgani yo'q. O'tgan mavsum bo'yicha qarzdorlik bo'lishiga qaramay, Rasur Rahmonov, Lochin Soliev, Bekzod G'oziev singari etakchi o'yinchilarimiz jamoada shug'ullanimshoqda. Buning uchun ularga rahmat. Lekin bu yil oliy ligada yuqori o'rinlarga kurashishimiz uchun jamoada hech qanday muammo bo'lmasligi lozim. Viloyat hokimi SHuhrat Qo'shaqboevich Abdurahmonov bonuslar berilishini vada qilgan. Umid qilamizki, bu masala yanvar oyi ichi ijobiy hal bo'ladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика