So’nggi yangiliklar

10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  2 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  2 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  1 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  5 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  2 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  31 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  3 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4

“Andijon” o'yiniga Sergey SHevchenkoning yo'qligi tasir qildimi? Yangiliklar

“Andijon” o'yiniga Sergey SHevchenkoning yo'qligi tasir qildimi?

Kecha oliy liganing ikkinchi davrasiga start berildi.
Kechaning o'zida taqvim bo'yicha oltita uchrashuv o'tkazildi va bugun bo'lib o'tadigan “Lokomotiv” - “Navbahor” bahsidan so'ng 14-tur yakuniga etadi.



Musobaqa jadvalida oxirgi o'rinni egallab turgan “Andijon” Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo'lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi taymda maydon egalari raqib darvozasini javobsiz ikki bor ishg'ol qilishdi. SHuni aytish lozim, “Andijon”ning yangi bosh murabbiyi Sergey SHevchenko o'yinga kelgani bilan zaxira o'rindig'ida o'tirmadi. Ukrainalik murabbiy bahsni tribunada turib tomosha qildi.

O'yindan keyin bo'lib matbuot anjumanida ishtirok etgan “Andijon” katta murabbiyi Orif Mamatkazinga quyidagicha savol berildi, yani “Bugungi mag'lubiyatda Sergey SHevchenkoning zaxira o'rindig'ida o'tirmagani futbolchilarga tasir qildimi?”



Orif Ismoilovich savolga quyidagicha javob qaytardi:
“To'g'ri savol berdingiz. Darhaqiqat bu bahsda Sergey Yakovlevichning yo'qligi ham yigitlarga o'z tasirini ko'rsatdi. Ehtimol bosh murabbiy o'z o'rnida o'tirganida futbolchilarga qo'shimcha dalda bo'larmidi. Biz mashg'ulotlarda doim birgamiz, ammo o'yin boshqa, mashg'ulot boshqa”.

Endi savol tug'iladi: nima uchun Sergey SHevchenko zaxirada o'rindig'ida o'tirmadi? Birinchi sababi shuki, u kishida “Pro” licenziyasi yo'q, shu bois rasman bosh murabbiy sifatida faoliyat yurita olmaydi. Ikkinchidan, u kishining hujjatlarida qandaydir muammo bor deb eshitdik.

SHu bois PFL hozircha bu murabbiyni ro'yxatdan o'tkazmay turgan ekan. Katta ehtimol bilan “Pro”si bo'lmagan murabbiy klubda boshqa lavozimda ishlaydi, ammo keyingi uchrashuvlarda zaxira o'rindig'ida o'tiradimi-yo'qmi, bu borada aniq bir gap ayta olmaymiz. Hartugul oliy ligada qolish uchun harakat qilayotgan jamoa bosh murabbiysiz butun bir ikkinchi davrani o'tkazmasa kerak.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика