So’nggi yangiliklar

02:20Ироқ. Темиров гол урган ўйинда "Арбил" дуранг ўйнади  0 01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  5 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  3 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  0 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0 21:22"Челси" қишдаёқ Стерлинг билан хайрлашишга қарор қилди  0 20:32Пьянич расман фаолиятини якунлади. У Қозоғистон клубига ўтмайди  4 19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  2 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9

"Andijon" o'yinida o'sish kuzatiladimi? Yangiliklar

"Andijon" o'yinida o'sish kuzatiladimi?

Kecha "Andijon" futbol klubi "Bunyodkor" suniy maydonida "Olmaliq"qa qarshi nazorat bahsini o'tkazdi. 1:1 hisobida yakun topgan bellashuvda andijonliklardan Ernest Sedko gol muallifi bo'ldi.
Yaxshi bilasiz, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Andijon" oliy ligani tark etgandi. Biroq PFL qaroriga binoan jamoaga yana imkoniyat berildi va elitada olib qolindi. "Andijon"ni Edgar Gess boshqarayotganidan xabaringiz bor. Edgar Yakovlevich ayni paytda tajribali o'yinchilar atrofida jamoa tuzishga harakat qilyapti. Kechagi bahsda ham oliy ligada nomi chiqqan futbolchilardan bir nechtasi ishtirok etdi.

Kechagi o'yinda "Andijon"ning asosiy tarkibi quyidagicha ko'rinishda bo'ldi. Darvozani moldovalik posbon Aleksandr Moshnyaga qo'riqladi. Himoya markazida Yaroslav Krushelnickiy bilan Davron Tursunov, chap qanotda Ibrohim Otaxonov, o'ng qanotda esa Asror Rahmonov harakat qilishdi. Yarim himoyada Sanjar Asqaraliev, Asqar Jadigerov, Iqbol Akramov, Timur Vasilev, SHukur Jumaboev singari ftubolchilar to'p tepdi. Hujumda esa Lochin Soliev o'ynadi.

Keyinchalik ikkinchi taymda Rustam Azamov, Ernest Sedko, Aziz G'ulomxo'jaev, Akbar Xo'jaev kabi o'yinchilar maydonga tushishdi. Asosiy tarkibga razm solib qarasak, o'tgan mavsum o'ynagan futbolchilardan faqat Davron Tursunov, Ibrohim Otaxonov, Asror Rahmonov va Lochin Soliev qolibdi.

Har qanday jamoaning "miyasi" hisoblanadigan yarim himoya "Andijon"da tubdan yangilangan. Aslida yarim himoyachi hisoblanadigan Ibrohim Otaxonov kecha chap qanot himoyasida o'ynadi. Natijada yarim himoyada faqat yangilar harakat qilishdi. Bizga malum bo'lishicha, Edgar Gess Andijonga borganidan so'ng klub bilan besh yillik shartnoma tuzgan va etiborni asosan mahalliy yoshlarga qaratishi aytilgandi. Biroq hozircha buning aksini ko'ryapmiz. Va bunga tabiiy hol sifatida qarsak ham bo'ladi, negaki Gess qaysi jamoada ishlamasin, urg'uni doim tajribali futbolchilarga bergan.

SHundan kelib chiqib aytganda, bu yil yoshlarni tarbiyalaydimi-yo'qmi, bir narsa deyish qiyin, chunki murabbiy jamoani Krushelnickiy, Jadigerov, Asqaraliev kabi futbolchilar atrofida tuzishga harakat qilyapti. Qolaversa, yarim himoya deyarli 100 foizga yanginayotganini hisobga olsak, yangi futbolchilarning bir-birini tushunib ketishiga qancha vaqt kerak bo'ladi, jamoa o'yinini kuchaytirish uchun murabbiyga vaqt etadimi kabi savollar ham yuzaga kelaveradi. Oliy liga boshlanishiga esa tobora oz vaqt qolyapti.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика