"Andijon": Kamolov va SHaymonov bilan shartnoma tuzdik
17 fev 2014 19:05
Yangiliklar

"Andijon": Kamolov va SHaymonov bilan shartnoma tuzdik
“Andijon” jamoasining Toshkentda olib borayotgan ikkinchi yig'ini nihoyasiga etish arafasida.
6 fevraldan boshlagan yig'inda andijonliklar mashg'ulotlar o'tkazishdan tashqari PFL Kubogida ham ishtirok etishdi. Ushbu yig'in davomida tarkibga bir qator yangi o'yinchilar taklif etilganini xabar qilgandik.
Kuni kecha jamoamiz Mirzakamol Kamolov va SHaxzod SHaymonov bilan shartnoma imzoladi. Kamolov 2008-2010 yilgi mavsumlarda ham “Andijon”da o'ynagan va u uchun jamoa begona emas. “Mashal” klubi tarbiyalanuvchisi bo'lgan SHaymonov joriy mavsumda o'zini “Andijon”da sinab ko'radi. Mashg'ulotlarda ishtirok etgan darvozabon Artur Parvanov “Lokomotiv”ga qaytib ketdi. Sobir Usmonxo'jaev esa ko'rikdan o'ta olmadi. SHuningdek, ikki oydan beri mashg'ulotlarda qatnashib kelgan Nikita Pavlenko ham “Oq-tepa”ga qaytib ketdi. Jamoadagi o'zgarishlar va tayyorgarlik to'g'risida bosh murabbiy Azamat Abduraimov o'z fikrini bildirdi.
- Bu yilgi smetamizni qisman qisqartirildi. SHuning uchun litvalik legionerlarni ortga qaytarib yuborishimizga to'g'ri kelyapti. CHunki moliyaviy imkoniyatimiz ularni olishga ko'tarmayapti. Legionerlardan faqat Aleksey Kasyan qoladigan bo'lib turibdi. Hozircha Mirzakamol Kamolov va SHahzod SHaymonov bilan shartnoma tuzishga erishdik xolos. Darvozabon Artur Parvanov “Lokomotiv”ga qaytib ketdi. Sobir Usmonxo'jaev esa ko'rigimizdan o'ta olmadi. Bundan tashqari Nikita Pavlenkoni “Oq-tepa”ga qaytarib yuborishga majbur bo'ldik. CHunki uni qo'lga kiritishimiz uchun jamoasiga pul to'lashimiz kerak edi. Umuman olganda, moliyaviy muammolar tufayli o'zimiz xohlagan futbolchilarni tarkibga qo'sha olmayapmiz.
O'tgan hafta “Andijon” safiga hujumchi Alisher Azizov qo'shilganini xabar qilgandik. Huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli bo'lgan bu hujumchini jamoada qolishi yoki qolmasligi to'g'risida murabbiy quyidagilarni takidladi.
- Alisher Azizovni hujum chizig'imizni kuchaytirish maqsadida jalb qilgandik. Uni PFL Kubogida “NBU-Osiyo” jamoasiga qarshi o'yinda bir taym sinab ko'rdik. Afsuski, Azizov bu o'yinda jarohat oldi. SHu bois hammasi uning jarohati qay darajadaligiga bog'liq. SHuning uchun bu hujumchining taqdiri so'roq ostida turibdi. Albatta, hech kim jarohatlangan o'yinchini olishni istamaydi. Agar Alisher tezroq sog'ayib safga qaytadigan bo'lsa, mashg'ulotlarda ishtirok etadi. Ammo uning davolanishiga uzoq vaqt ketadigan bo'lsa, bu hujumchini olib qolmasligimiz aniq. Azizov iqtidorli hujumchi va uni tarkibimizda ko'rishni xohlagandik. Biroq jarohat hozircha unga halaqit qilmoqda.
“Andijon”ning tayyorgarlik rejalari borasida ham Abduraimov o'z fikrini bildirdi.
- PFL Kubogidan chiqib ketganimizdan keyin mashg'ulotlarni davom ettiryapmiz. 18 fevral kuni “Qizilqum” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazamiz. 19 fevralda esa ikkinchi tarkibimiz bilan “Neftchi” o'rinbosarlariga qarshi maydonga tushamiz. SHu kuni yig'inni yakunlab futbolchilarni uyiga borib biroz dam olib kelishlariga ruxsat beramiz. SHundan so'ng keyingi yig'inni 23 fevral kuni yana Toshkentda boshlaymiz. Ushbu yig'inimiz 5 martga qadar davom etadi.

Fikrlar