"Andijon" futbolchilari oldiga jiddiy talablar qo'yildi
28 may 2014 13:00
Yangiliklar
"Andijon" futbolchilari oldiga jiddiy talablar qo'yildi
“Andijon” jamoasi uchun mavsum ko'ngildagidek o'tayotgani yo'q.
Afsuski, “Buxoro” bilan bo'lgan o'yindagi g'alabadan keyin jamoa yana mag'lubiyatlar girdobiga tushib qoldi. Jamoa chempionat bahslarida “Nasaf” va “Navbahor”ga imkoniyatni boy berdi. SHuningdek, O'zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichda ikkala o'yinda “Andijon” “Nasaf”ga yutqazgan holda kubokda kurashdan chiqib ketdi. Jamoaning muvaffaqiyatsiz o'yinlari natijasida klub prezidenti tomonidan jamoa oldiga jiddiy talablar qo'yildi.
1). “Andijon” jamoasining chempionat bahslaridagi omadsizliklari va bir nechta bahslarda mag'lubiyatga uchraganliklari uchun jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarga O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan xayfsan berildi.
2). Birinchi davra oxirigacha jamoaning natijalarida o'zgarish kuzatilmasa jamoa futbolchilariga 1-bosqichda vada qilingan ko'tarma pullari berilmasligi, shuningdek, ushbu pullar mavsum yakuniga ko'ra jamoa kuchli 10-talikka kirsagina berilishi haqida ogohlantirildi. SHuningdek, asosiy tarkib futbolchilarini ish haqlari pasaytirilgan holda o'rinbosarlar tarkibiga o'tkazilishi hamda jamoada ijara asosida to'p surayotgan futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilinishi haqida ogohlantirildi.
3). Jamoaning xorijlik futbolchisi A.Kasyan qoniqarsiz xarakatlanib jamoa ishonchini oqlay olmagani uchun transferga qo'yildi va u bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi.
4). CHempionatning birinchi davra yakuniga qadar jamoaning natijalari yaxshi tomonga o'zgarmasa jamoa bosh murabbiyi hamda murabbiylar shtabi azolariga o'zgarishlar kiritilishi haqida ogohlantirildi.
5). A.I.SHapran o'z ishiga masuliyatsizlik bilan yondoshgani uchun jamiyat ijrochi direktori lavozimidan boshqa lavozimga o'tkaziladi.
6). Jamiyat sport direktori R.S.Gay bilan tuzilgan shartnoma uning xohishiga ko'ra bekor qilindi.
7). “Nasaf” va “Navbahor” bilan bo'lgan o'yinlar chog'ida tartib-intizom qoidalariga amal qilishmagani va sport qoidalariga zid bo'lgan harakatlari uchun bir qator futbolchilar jazolandi:
1. I.Otaxonov
2. B.Abdurahimov
3. S. Docenko
4. A.Rajabov
SHu o'rinda Kosonsoyda bo'lgan uchrashuvda Anvar Rajabovni muxlislarga nisbatan qilgan harakatini bosh murabbiy keskin qoraladi. Futbol birinchi navbatda muxlislar uchun o'ynaladi va futbolni ularsiz tasavvur etib bo'lmaydi. SHu bois har bir futbolchi stadionga kelib jamoaga dalda bo'ladigan ishqibozlarni hurmat qilishi lozim. O'z navbatida xissiyotlarini jilovlay olmagani bois Rajabov keyinchalik muxlislardan kechirim so'radi.
“Andijon” jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimov barcha masuliyatni shhz zimmasiga olishini va vaziyatni ijobiy tarafga o'zgartirib jamoani oliy ligada olib qolishga ishonishini malum qildi. Qolaversa, birinchi davradan keyin tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilib, ikkinchi davrani boshqacha ruhda boshlashini aytib o'tdi. SHu o'rinda rahbariyat tomonidan qo'yilgan talablar futbolchilar oldidagi masuliyatni yanada oshirgan holda ishga jiddiy yondoshishadi. SHu bilan birga jamoa bu yil 50 yillik yubileyi munosabati bilan o'z oldiga qo'ygan vazifani uddalay oladi.

Fikrlar