Andijon FK muxlislar bilan uchrashdi
13 mar 2014 13:14
Yangiliklar

Andijon FK muxlislar bilan uchrashdi
Bugun Andijon shahridagi Zahiriddn Muhammad Bobur nomli drama teatrida Andijon jamoasi azolari muxlislar bilan uchrashdi.
Yangi mavsum boshlanishi oldidan o'tkazilgan tadbirga viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonov va viloyat IIB boshlig'i, klub prezidenti Dilshodbek Bobojonov ham tashrif buyurdi. Tadbirning dastlabki qismida viloyat hokimi so'zga chiqib yig'ilganlarni boshlanajak chempionat va kelayotgan Navro'z bayrami bilan qutladi.
O'tgan yili sevimli jamoamiz birinchi ligada ishonchli o'yin namoyish etib, o'z oldiga qyo'ilgan vazifani uddaladi a bu orqali siz muxlislar qatori meni ham quvontirdi. Nasib qilsa buy il ham jamoaning barcha uy o'yinlariga kirib, har tomonlama qo'llab quvvatlayman. Moddiy tomondan esa muammolar bo'lmasligiga vada beraman. Futbolchilarimizga esa kelgusida ham jarohatlarga duch kelmasligini yaratgandan so'rab qolaman. Muxlislar haqida gap ketganida andijonliklarni eslab o'tish o'rinli bo'ladi. Nodir To'ychiev boshchiligidagi muxlislarni mamlakatimizda o'z mavqeiga ega deb ayta olaman
SHundan so'ng bosh murabbiy Azamat Abduraimov ham so'zga chiqib bu yil ham rahbariyat va muxlislarni ishonchini oqlash uchun bor kuchi bilan harakat qilishini aytib o'tdi.
Klub prezidenti Dilshodbek Bobojonov ham so'zga chiqib jumladan shunday dedi:
Assalomu alaykum hurmatli futbolchilar va aziz muxlislar. Sizlarni kirib kelayotgan Yangi futbol mavsumi va qolaversa Navro'z ayyomi bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman. Jamoa o'tgan yili oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bunda bosh murabbiy Azamat Abduraimovning katta mehnati yotibdi. Bu yil ham Andijon jamoamizdan umidimiz katta. Men shuni istardimki jamoamiz tarkibida asosan mahalliy o'yinchilar bo'lishini. To'g'ri boshqa viloyatdagi futbolchilar va legionerlar olib kelindi. Lekin kelgusida andijonlik yigitlar jamoa sharafini himoya qilishini xohlayman. Viloyatimizda futbol maktablari va bolalar futboliga etibor katta. Nasib qilsa bu niyatimiz ham kelajakda amalga oshadi deb o'ylayman. Muxlislar bilan shu kungacha iliq munosabatda bo'lib kelganmiz. Bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi deb umid qilaman. Men Andijonning har bir uy o'yinini ko'rib boraman. Ishqibozlardan shuni so'rardimki uchrashuv paytida intizomli bo'lib, raqib jamoa fanatlarini hurmat qilgan xolda namuna bo'lishi kerak.
So'ngra Andijon ishqibozlar klubi raisi Nodirbek To'ychiev ham so'zga chiqib jamoaga omad tiladi va muxlislar har dushanba kuni Sog'lom Avlod stadionida tayyorgarlik ko'rganini unda nafaqat jamoani qo'llabg'quvvatlash balki muxlislik madaniyatini ham o'rganish lozimligi xususida aytilgan. Andijon muxlislar klubi har yili ishqibozlar uchun futbolka ishlab chiqaradi. Bu yil ham ananaga sodiq qolib, muxlislar klubi futbolkalarni ishlab chiqargan. Nodirbek To'ychiev mazkur muxlislar klubi futbolkaksidan viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonovga sovg'ga qildi.
Tadbirning keyingi bosqichi yosh xonanda Asilbekning Andijon jamoasiga atab aytgan qo'shig'i bilan davom ettirildi. SHuningdek muxlislar o'zini qiziqtirgan bir qator savollar bilan futbolchi va bosh murabbiyga murojaat qildi. SHu tariqa uchrashuv o'z poyoniga etdi.
Islombek RUSTAMBEKOV.
foto: Komiljon Ikromov

Fikrlar