So’nggi yangiliklar

23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  0 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2

"Andijon" bosh murabbiysiz yig'inga kirishdi Yangiliklar

"Andijon" bosh murabbiysiz yig'inga kirishdi

Oliy ligada jamoalar soni 16ta qilingani sababli elitada o'z o'rnini saqlab qolgan burgutlar kechadan yig'inga kirishdi.
Aytish lozimki, bosh murabbiy Edgar Gess ayni damda jamoa bilan birga emas. SHuning uchun mashg'ulotlarni uning yordamchilari Oleg Tyulkin, Vitaliy Legay hamda Qahramon Abduqodirov o'tkazmoqda.

Bugun soat 11:00da jamoa "Sog'lom avlod" stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Yigirmaga yaqin futbolchi ishtirok etgan mashg'ulot asosan yugurish bilan o'tdi. Joriy mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Temur G'aniev, Muhiddin Xudoyorov, Sergey Smorodin, Rahim Qodirov, Davron Tursunov, Ibrohim Otaxonov, Bahrom Abdurahimov, Lochin Soliev, SHuhrat Mirxoldirshaev, Mirzakamol Kamolov, Abbos Maxstaliev, Aziz Ibragimov kabi futbolchilar hozircha jamoada emas.

Har xolda bugungi mashg'ulotlarda ularni uchratmadik. Asror Rahmonov, Rasul Rahmonov, Alisher To'xtasinov, Bekzod G'oziev, Akmal Jo'raboev, Abdulatif Abduqodirov, Akbar Xodjaev kabi asosiy tarkib azolari bilan birga yoshlar jamoasidan bir qator iqtidorli o'yinchilar yig'inga jalb etilgan. Yangi futbolchilardan malum muddat Tailand chempionatida faoliyat yuritgan Rinat Muslimov va "Olmaliq" himoyachisi SHoyad Mullajonov shug'ullanayotganini aytish mumkin. Bosh murabbiyni shu kunlarda Andijonga kelishi aytilmoqda. Olingan malumotlarga ko'ra, jamoa futbolchilar bilan to'liq hisob-kitob qilmagan. SHu bois bir qator o'yinchilar jamoasini o'zgartirish payida yuribdi. Agarda shunday bo'lsa, tabiiyki Edgar Yakovlevichga oson bo'lmaydi. CHunki u yangitdan tarkib tuzishga majbur bo'ladi. Tayyorgarlik rejasiga binoan futbolchilar dekabr oyining oxiriga qadar Andijonda shug'ullanadi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика