"Andijon" 1 yillik tanaffusdan so'ng safarda ochko oldi
12 apr 2015 11:00
Yangiliklar

"Andijon" 1 yillik tanaffusdan so'ng safarda ochko oldi
Kecha oliy liganing 4-turida "Andijon" klubi Qo'qonda "Qo'qon-1912" jamoasini qabul qildi.
O'yinda 0:0 hisobi qayd etilganidan barchaning xabari bor. Dastlabki uchta turni safarda o'tkazgan "Andijon" uch bor mag'lub bo'lgandi. Safardagi to'rtinchi o'yinda "burgutlar" durangga erishishdi.
"Andijon" oliy ligada so'nggi bor 2014 yilning 5 aprel sanasida safarda mag'lub bo'lmagan edi. O'tgan yil 4-turda "Olmaliq" mehmoni bo'lgan jamoa 0:0 hisobida durang qayd etgandi. SHundan so'ng safarda bo'lib o'tgan 11ta bahsda "burgutlar" faqat mag'lub bo'lishdi. Bu yilgi uchta mag'lubiyatni ham qo'shsak 14ta o'yinlik safardagi mag'lubiyatli seriya kecha yakunlandi.
Malumot uchun, "Andijon" o'tgan mavsum safardagi 13ta o'yinning faqat bittasida durang o'ynagan qolgan 12ta uchrashuvda yutqazgandi.

Fikrlar