So’nggi yangiliklar

00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  0 23:45Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия ва Украина терма жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  2 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  8 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  3 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  5 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  16 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  2 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  9 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  3 17:39Футзал. Афғонистон терма жамоаси Тошкентда  6

"Andijon"ning yangi rahbariyati eski ananani davom ettirmoqda yoxud yana takrorlanayotgan xatolar Yangiliklar

"Andijon"ning yangi rahbariyati eski ananani davom ettirmoqda yoxud yana takrorlanayotgan xatolar

Kecha tunda "Andijon" jamoasi Otabek G'ulomxo'jaevning istefoga chiqarilganini elon qildi.

Gapning ochig'i klublarimizning murabbiylarni "paypoqdek" almashtiraverishiga ko'nikib ham qoldik. Har bahor shu bo'lar takror deganlaridek mavsumning ilk kunlaridan murabbiylarga chiqish eshiklari ko'rsatila boshlandi. Birinchi turda "So'g'diyona" bilan uchrashuvdagi mag'lubiyatdan so'ng "Navbahor" No'mon Hasanovning javobini berib yubordi. Uning ketidan Termizda nursiz o'yin ko'rsatgan "Metallurg" ham bunga qo'l urgan holda Andrey SHipilov bilan hamkorlikni to'xtatishga qaror qildi. Ushbu savdo endigi navbat Otabek G'ulomxo'jaevning boshiga tushdi. Murabbiyning taqdiri doim tig' ustida turadi. Natija yo'qmi bo'ldi tamom joyingni bo'shat. Xuddi shunday holat keyingi murabbiylarni ham kutadi. Natija ko'rsatilmadimi darrov o'rniga boshqa mutaxassis keladi. Lekin bu futbol. SHaxmat yoki boks emas. Unda natijaga erishish juda ko'pgina omillarga bog'liq va katta vaqt talab qiladi. Odatda bizning chempionatimizda murabbiyga erkin ishlashiga va jamoa tuzishiga yo'l qo'yib berishmaydi. Bir jamoa shakllanmasdan ikkinchi murabbiy keladi va yana barchasini boshidan boshlaydi. 10ta futbolchi keladi, 10ta futbolchi ketadi. Bu o'z-o'zidan klubda tizim yo'qligini anglatadi. 

Endi bevosita "Andijon"ga to'xtalsak. Otabek G'ulomxo'jaev o'tgan mavsum juda murakkab pallada jamoani qabul qilib oldi va qisqa vaqtda mahoratini ishga solib kuchlilar safida olib qolishga erishdi. Klubda yangi rahbarlar ish boshladi. Mana endi hammasi iziga tushadi, avvalgi holatlarga uchramaydi deya umidlar bog'landi. Murabbiy jamoani 0 dan tuzdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Qolgan bo'lsa o'tgan mavsumdan 3 nafar o'yinchi qolgandi. Tarkibning o'zagi yoshlardan shakllantirildi. Ilk turlarda natijalar salbiy ko'rinish ola boshlagach yana eski holatlarning xidi kela boshladi. Dastlab 2020 yilning so'nggida G'ulomxo'jaevning shtabiga kelgan SHerzod SHaripov, so'ng darvozabonlar murabbiyi istefoga kuzatildi. Ushbu jarayondan bilish mumkin ediki, Otabek G'ulomxo'jaevning kursisi qimirlab qolgan. "Turon" bilan o'yindan so'ng murabbiy bilan klub rasman xayrlashdi. Meni ajablantirgan jihat klub vice-prezidentining mazkur istefoga bergan izohi bo'ldi:

"Andijon" jamoamiz o'z oldiga juda katta maqsadlarni qo'ygan. SHu maqsad yo'lida barcha tinim bilmay mehnat qilmoqda. "Andijon" jamoasi birgina bizning emas, balkim xalqning ham jamoasi hisoblanadi. Jamoa natijasi hech kimni befarq qoldirmaydi. Muxlislarimiz jamoamizdan faqat g'alaba talab qiladi. Biz Otabek G'ulomxo'jaevga vaqt va imkon berdik. CHempionat boshida jamoani shakllantirib olish uchun ham imkon berdik. Ammo jamoaning natijasi yuqorida aytib o'tganimdek barcha uchun muhim hisoblanadi. Kubok bahslari ham biz uchun muhim edi, afsuski kubokni tark etdik. Jamoamizdagi futbolchilar barchasi kuchli va yaxshi darajadagi futbolchilar hisoblanadi. Otabek G'ulomxo'jaev ham yaxshi darajadagi murabbiy. Bosh murabbiyda futbolchilarga nisbatan qattiq qo'llik etishmadi deb o'ylayman. Balkim, Otabek G'ulomxo'jaev ko'proq yosh futbolchilar bilan ishlaganligi sababli yigitlarga qattiq qo'llik qilmagandir. Gap natija bo'lmasa bosh murabbiy almashtiraverishda emas, biz ko'p imkon berdik. Bosh murabbiyning asosan yoshlar bilan ishlagani jamoamiz o'yinida sezilib qoldi. Natija muhim, chunki butun Andijon xalqi sevimli jamoasidan faqatgina g'alaba kutadi.SHu o'rinda Otabek G'ulomxo'jaevga jamoamiz uchun qilgan xizmatiga minnatdorchilik bildirib qolaman. Keyingi faoliyatida omad yor bo'lishini chin dildan tilab qolaman".

Biz ko'p imkon berdik. Bosh murabbiyning yoshlar bilan ishlagan sezilib qoldi. Bu futbolni tushunadigan insonning gapimi? Sizningcha ikki oy yangidan tuzilgan jamoani shakllantirish uchun etarli vaqtmi? Murabbiy sehrgar emas-ku. Bir jamoani ahil oila sifatida birlashtirish, malum bir uslubni yo'lga qo'yish ikki oyda bitadigan jarayon emas. SHota Arveladze "Paxtakor"ga kelgan ilk yillarini misol qilib keltiraman. Jamoa o'shanda kuchli tarkib, legionerlar bilan na chempionlik va na kubokda zafar quchdi, OCHLga ham chiqolmadi. Uchinchi yilga kelib qilingan ishlar samarasi natija berdi. Mirjalol Qosimov AGMK boshqaruviga kelgan dastlabki mavsumda jamoa kuchlilar orasida qolish uchun kurashdi va kubokda engildi. Murabbiy jamoada ishlagan ikkinchi yilida sovrinli o'rinlarga ega chiqdi. Bizda sanoqli klublargina murabbiyga etarlicha vaqt va imkoniyat beradi. Samara chiqarganlari chiqaradi, malum vaqtdan so'ng natija qiladi, imkoniyat va fursatdan foydalana olmaganlarni klub ishdan olishiga qarshiligimiz yo'q. Yoshlar bilan ishlagani sezilib qoldi, deyilmoqda fikrda. Rahbariyat buni endi bildimi? Natija muhim deyildi. Yosh tarkib va hali shakllanmagan jamoadan qanday natija kutish mumkin? Bora Milutinovichning ajoyib gapi bor: Natija yo'lida biroz sabrliroq bo'lish lozim. Garchi "Andijon"da yangi rahbariyat ish olib borayotgan bo'lsada hamon eski ananalarni davom ettirmoqda. SHu paytgacha jamoada hech qaysi murabbiy yolchitib ishlamagan. So'nggi uch yilni oladigan bo'lsak jamoada etti nafar murabbiy ishlaganini ko'rishimiz mumkin (Yorqin Nazarov ettinchisi).



2019 yil jamoani elitaga qaytargan Ildar Sakaev  8-turdan so'ng istefoga chiqdi. Undan so'ng Jamshid Saidov bir nechta turlarda maydonga boshlab tushdi. Ikkinchi davrada Aleksandr Xomyakov keldi va uning zimmasiga Superligada olib qolish vazifasi qo'yildi. Vazifa bajarildi. Buni qarangki, 2020 yilgi mavsumning uchinchi turidan so'ng salbiy natijalar sabab rossiyalik mutaxassisga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Murabbiylik postiga kelgan Viktor Kumikov ham aytarli biror karomat ko'rsata olmadi. Klub yopilib ketish arafasida yangi rahbariyat ish boshladi va Andijon o'g'loni Bahtiyor Hamidullaevni olib kelishdi. Aftidan bu eng to'g'ri qaror edi. CHempionat tugashiga beshta tur qolganda Hamidullaevga ham haydalish kuyi chalindi. G'ulomxo'jaev bilan mavsum yakuniga etdi. Etibor beryapsizmi? Hech qaysi murabbiy jamoada uzoqqa bormagan. Klubning hozirgi rahbarlari eski qarzlarni to'ladi, stadionni tamirladi. Buni tan olamiz. Muxlislar ishonchini qaytarish uchun hamma narsa qilishmoqda. Lekin yana avvalgi mavsumlardagi eski xatoni yana takrorlashmoqda. Bu bilan biz G'ulomxo'jaevning oqlash yoki rahbariyatni qoralash niyatimiz yo'q. Xolis fikrimiz umuman barcha jamoalarga tegishli. Murabbiyni almashtiraverishdan naf yo'q. Yangi murabbiy kelgach 2-3ta o'yinda g'alabalarga erishishi mumkindir. Natija bo'lmasa u ham ketadi. Bunday jamoaga biror mutaxassis ham o'ylab keladi. "Andijon" murabbiy almashtirgan mavsumlarda faqatgina jon saqlash uchun kurashganini aytib o'tish joiz. 

Nima deb o'ylaysiz Yorqin Nazarovning jamoadagi faoliyati qancha davom etadi? Rahbariyat tajribali murabbiyga etarlicha vaqt va ishonch bildiradimi? 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика